1 modul: Turkiy tillarning umumiy xususiyatlari. Reja


Turkiy tillarda undoshlar mosligi


Download 357.93 Kb.
bet16/53
Sana30.01.2024
Hajmi357.93 Kb.
#1817300
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53
Bog'liq
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi-fayllar.org

Turkiy tillarda undoshlar mosligi.Eng qadimgi oltoy davrida ham undoshlar mosligi mavjud edi.Chunki har bir turkiy til o’ziga xosfonetik taraqqiyot darajasiga ega.Turkiy tillar undoshlari mosliklari orasida eng qadimgi va diqqatga sazovari rotatsizm,lambdaizm va zetatsizm hodisasidir.Rotatsizm Y tovushining R tovushi bilan mosligi bo’lsa,lambdaizm Sh tovushining L tovushiga mosligi, zetatsizm R tovushining Z tovushiga mosligidir.17
Turkiy bobotilda turk-mo’g’ul qabilalari tilidagi z-sh/s/ // r-l undoshlariga, tungus-manjur qabilalari tilidagi t-s undoshlariga mos keladi.Tungus-manjur tillariga xos t-s-ch-sh undoshlari va mo’g’ul tillariga xos r-l-z-sh/s hodisalari hozirgi chuvash tilida saqlangan:
Chuvash tilida: Boshqa turkiy tillarda
R” “Z”
xur qaz / g’oz
par buz / muz
kyo’r kuz
L” “ Sh / S”

tyol tush / tus
shal tish / tis
pilek besh / bes
xyol kish / kis
Qarluq,qipchoq va Sibir turkiy tillarida so’z boshida keladigan k , t undoshlarining vazifasini o’g’uz tilidagi g , d tovushlari bajaradi.Masalan, o’zb. kel,tosh; uyg’ur.kal,tash; yoqut. kel,tas; tatar. kil,tash; ozarb. gal,dash; turкm. gel,dash. Bundan tashqari,turkiy tillarda sh-s mosligi: o’zb.tosh,qozoq tas. S va X mosligi: o’zb. sen, boshqird tilida xin; y va n mosligi: o’zb. yanga; shor tilida nena.
Turkiy tillarda singormonizm,urg’u va tovush tizimining o’zaro munosabati. Turkiy tillarning umumiy xususiyatini aks ettiruvchi xususiyatlari qatoriga urg’u va singormonizm hodisalari kiradi. Ularning tipologik jihatdan qanchalik ahamiyatli ekanini birinchi bo’lib B. de Kurtene e’tibor qaratgan.Turkiy tillarda unlilar garmoniyasi so’zda bo’g’inlarni bir-biriga yopishtiruvchi yoki bog’lovchi sement desa ham bo’ladi. Ayrim bo’g’inlarni va komplekslarni (tovush birikmalarini),agar ular biror iborada unlilar garmoniyasiga bo’ysunmay o’ziga xos unlini saqlagan bo’lsa, ular so’z qismi deb hisoblanishi kerak.Agar ular unlilar garmoniyasi qonuniga muvofiq bog’lanib ketgan bo’lsa, u holda bir nechta bir bo’g’inli so’z o’rniga bitta ko’p bo’g’inli so’z hosil qiladi.V.V.Radlov Kurtenening fikrlarini kengaytiradi.U turkiy tillarda urg’uning morfologik rolga ega emasligini, faqat ohangdorlik vositasi ekanligini, qator bo’g’inlardagi monotonlikni – bir xil ohanglilikni – yo’qotib, eshitilishi yoqimli bo’lgan turlilik tug’dirish, undagi qismlarning – o’zak, qo’shimchalarning munosabatini yanadaortiq chizib ko’rsatish uchun xizmat etishini, buning uchun turkiy tillarda har bir so’zga “ yopishtirilgan” bo’g’inlar komplksi boshida va oxirida urg’uli bog’inlar bilan ifodalanishi, ularning birinchisi (o’zagi) yarim ton ko’tariluvchi, oxirgi bo’g’in toni sunuvchanligini ta’kidlagan edi.
V.V.Rаdlov kuzatishlari turkiy tillarda singormonizm so’zning fonetik butunligini belgilovchi asosiy tamoyil ekanligini ko’rsatadi, bu holda singormonizm,urg’u bir-biri bilan ajralmasdir. Boshqa turkolog olimlardan F.E.Korsh, B.Ya. Vladimirsev,V.A.Bogoroditskiy, E.D.Polivanov, A.N.Kononov, A.M. Shcherbaklarning kuzatishlari ham V.V.Rаdlov kuzatishlariga yaqin .
Turkiy tillarga xos singormonizm va urg’uning mutanosib va nomutanosib belgilari aniq bo’lmaganligidan asosiy va ikkinchi darajali urg’u bilan birga, uchinchi va to’rtinchi darajali urg’uni e’tirof etganlar.Singormonizm turkiy tillarning eng umumiy fonetik qonuni bo’lib, bu qonunga muvofiq so’zning butun tovush tarkibi artikulyatsion-akustik belgilariga ko’ra uyg’unlashadi, affikslarning tovush tarkibi o’zakning tovush tarkibiga bo’ysunadi. Ya’ni butun so’zning tovush tarkibi bir turdagi unli va undoshlardan tarkib topgan fonetik birlik kasb etadi.O’zakning unli tovushlar tarkibi esa, uning umumiy tovush tarkibini belgilovchi omil bo’lib qoladi.Bu holat turkiy tillarda singormonizm tufayli yuzaga keladi.” So’zda morfemalarning fonetik birlik hosil qilish vazifasini singormonizm bajaradi.18
Singormonizm hodisasi unlilarning moslashuvi, ohangdoshligi, uyg’unligi (garmoniyasi) demakdir.Bu hodisa faqat turkiy tillarda uchraydi.Singormonizmning ikki turi farqlanadi: a) tanglay garmoniyasi yoki palatal garmoniya; b) lab garmoniyasi yoki labial garmoniya.
Tanglay garmoniyasi asosiy tur hisoblanib, unda unlilar yumshoqlik yoki qattiqlik, til oldilik yoki til orqalik jihatidan bir-biriga moslashadi.Masalan,бар-ған-лар, барамыз, ўртағымыз, келамиз.
Lab garmoniyasida birinchi bo’g’inda lablangan unli kelsa, keyingi bo’g’inlarda ham lablangan unlilar keladi.Masalan, koldor, orttor, borbordon.
Bu hodisa turkiy tillarda birday emas. Masalan, qirg’iz,yoqut, boshqird tillarida har ikki turi mavjud bo’lsa,ozarbayjon,turk,tatar,turkman,qozoq,uyg’ur tillarida qisman lab garmoniyasi elementlari bor.Boshqa turkiy tillarda tanglay garmoniyasi saqlangan.Uyg’ur tilidagi cho’ziq tovushlar tanglay singormonizmi nuqtai nazaridan qalin,ingichka va indifferent kabi uch turga bo’linadi.19
Hozirgi o’zbek tilida esa singormonizm o’zining ahamiyatini yo’qotgan.Ya’ni so’zning fonetik butunligini ta’minlashda uning hech qanday ahamiyati yo’q. So’zning fonetik butunligini ta’minlashda urg’u prosodik jihatdan qudratli omilga aylangan. Hozirgi o’zbek tilida urg’uning xarakteri so’zning fonologik tuzilishidagi muhim xususiyatlarni belgilaydi.Uning vazifasi delimitativlik bilangina cheklanmaydi,balki so’zning birligini ta’minlashda va so’zlarnibir-biridan prosodik farqini ko’rsatuvchi differensial belgi bo’lib ham xizmat qiladi.Bu xususiyatlarning taraqqiy eta borishida rus tilining ham roli bor.Shunday qilib, hozirgi o’zbek tilidagi so’z urg’usi bir yo’la bajaradigan umumiy bir vazifa boshqa turkiy tillarda urg’u bilan singormonizm o’rtasida bo’lingan deb aytish mumkin.
Demak, o’zbek tilidagi urg’uni singormonizm bilan bir aspektda emas, boshqa aspektda qarash va uni hozirgi o’zbek tilida supersegment hodisa deyishga yetarli asos bor, bu esa hozirgi turkiy tillarning tipologiyasida yangi struktura hodisasidir.
Hozirgi o’zbek adabiy tilining o’ziga xos xususiyatlari qatoriga singormonizmning so’nishi va o lashishning kuchayishini, tovush tizimida undoshlarning asosiy rol o’ynayotganligini, fonologik jihatdan cho’ziq va qisqa unlilarning farqlanmasligini , so’zning tovush tomonidan butunligini urg’u ifodalayotganini ko’rsatish mumkin20. Unda so’z urg’usi leksik-grammatik hodisa sifatida ham, so’zning fonetik birligini ta’minlovchi sifatida ham mavjud muhim fonetik belgi bo’lib xizmat qilmoqda. Barcha turkiy tillarda qo’shimchalarning fonologik tuzilishi o’zakning fonologik tuzilishiga tobe bo’lsa, ya’ni so’zning fonetik tomondan kuchli qismi o’zakka to’g’ri kelsa, o’zbek adabiy tilida o’zak va qo’shimchalarning fonologik tuzilishiga urg’uning o’rniga qarab belgilanadi, u ko’pincha, fonetik so’zning oxirgi,urg’uli qismiga to’g’ri keladi: bola+lar, dala+ da.



Download 357.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling