1 modul: Turkiy tillarning umumiy xususiyatlari. Reja


Download 357.93 Kb.
bet34/53
Sana30.01.2024
Hajmi357.93 Kb.
#1817300
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53
Bog'liq
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi-fayllar.org

Savol va topshiriqlar:
1. Ravishga xos morfologik xususiyatlar haqida gapiring.
2. Otga xos ravishlarga misollar keltiring.
3. Analitik usulda qanday ravishlar yasaladi?
4. Fe’l asosli ravishlarga misollar keltiring.
5. Juft ravishlar tarkibiy jihatdan qanday shakllanadi?
6. Sintetik usulda yasalgan ravishlarga namunalar keltiring.


12 - modul: Turkiy tillarda fe’l so’z turkumi.


Reja :
1. Fe'l nisbatlari.
2. Fe'l mayllari.
3. Turkiy tillarda fe'llarning tuslanishi.
4. Turkiy tillarda fe’l zamonlari.
Tayanch so’z va iboralar: fe’l, o’timli-o’timsizlik,fe’l kategoriyalari,ish-harakati, funksional shakl, bo’lishli - bo’lishsizlik, nisbat, mayl, subyekt, obyekt, zamon, shaxs-son,morfologik shakl, morfologik kategoriya, tuslanish.
Turkiy tillarda ham predmetning ish-harakatini, xolatini, belgining yuzaga kelishi, o`zgarishi kabi jarayonlarni ifodalaydigan so`zlar fe'l deb ataladi.

Morfologik jihatdan fe'lning bir qancha o`ziga xos xususiyatlari mavjud: 1. O`timli va o`timsizlik: ol-o`timli, kel-o`timsiz. 2. Subyekt va obyekt o’rtasidagi munosabatni ifodalovchi nisbat kategoriyasi: kel-keltir, shod-shodlan, tepin, tepil. 3. Bo`lishli va bo`lishsizlik shakli: kel-kelma, ol-olma, ket-ketma. 4. Mayl va zamon kategoriyasi: oldi, oladi; olay, olsa kabi. 5. Maxsus funktsional shakllari: sifatdosh, ravishdosh, xarakat nomi. 6. Tuslanish sistemasi: oldim, olding, oldi; olganman, olgansan, olgan; ol, olay, olsin kabi.


Fe'l nisbatlar. Turkiy tillarda ish-harakatning bajaruvchisi (subyekt) bilan predmet (obyekt) orasidagi yoki bir necha bajaruvchi (subyektlar) orasidagi munosabatning ifodalanishi fe'l nisbati sanaladi. Fe'l nisbati maxsus shakl yasovchi affikslar yordami bilan yasaladi.
Turkiy tillarda fe'lning besh nisbati mavjud: aniqlik, o`zlik, majhullik, birgalik, orttirma nisbatlari.
O’zlik nisbatida harakatning subyekti bilan obyekti bir shaxsning o`zi bo`ladi. O`zlik nisbati turkiy tillarning barchasida -n, -in, -in affiksi bilan yasaladi: tortin, yuvin, o`ran, yasan (o`zbek tili), so`zlan, karan, sashan (tatar tili), gezinmex (kezinmoq ozarbayjon tili).
Boshqa turkiy tillarda bo`lmagan -l, -ish affikslari bilan o`zbek tilida o`zlik nisbati yasash mavjud: cho`mil, surkal; kerish kabi.
Majhullik nisbatida harakat to`ldiruvchi anglatgan predmet tomonidan bajarilib, egaga o`tadi yoki haqiqiy bajaruvchi noma'lum bo`ladi. Majhullik nisbati hamma turkiy tillarda -l, -nl, -il affiklari bilan yasaladi.
Masalan, ozarbayjon tilida azal-kamayib, boshal-bo`shal; o`zbek tilida eshitildi, tinglandi; turk tilida kisala - qisqa; tatar tilida tugerekle - yakunla; qirg`iz tilida ariqta (arikla) -arikla; qozoq tilida juanda (-juanla) -yo`g`onlan kabi.
Birgalik nisbatida harakat bir necha shaxs tomonidan birgalikda bajariladi. Birgalik nisbati -sh, -ish affiksi bilan yasaladi. Masalan, sevishmeq (turk tili), sug'sh (tatar tili), bar's (no`g`oy tili), alnshmak (turkman tili), v'rs-urishmoq (chuvash tili), so`zlashdi, sug`arishdi (o`zbek tili) kabi.
Orttirma nisbat bir subyektning o`z harakatini boshqa subyektning ta'siri natijasida bajarishini yoki aslida o`timsiz bo`ldan harakatning predmetga o`tishini ifodalaydi.
Turkiy tillarda orttirma nisbat quyidagi affikslar bilan yasaladi:

Download 357.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling