1 modul: Turkiy tillarning umumiy xususiyatlari. Reja


Download 357.93 Kb.
bet36/53
Sana30.01.2024
Hajmi357.93 Kb.
#1817300
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53
Bog'liq
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi-fayllar.org

Savol va topshiriqlar:
1. Fe’lga xos grammatik kategoriyalarni sanang.
2.Turkiy tillarda mayl kategoriyasi qanday shakllarda qo’llanadi?
3.Turkiy tillarda nisbat shaklini yasovchi qo’shimchalarni ayting.
4. Fe’lga xos tuslanish haqida gapiring.
5. Turkiy tillarda zamon kategoriyasi haqida gapiring.


13-modul: Turkiy tillarda fe’l kategoriyalari.
Майл
нисбат
14-modul:Turkiy tillarda zamon kategoriyasi.
Reja:
1. Turkiy tillarda zamon kategoriyasining ifodalanishi.
2. O’tgan zamon
3. Hozirgi zamon
4.kelasi zamon.


Tayanch so’z va iboralar: fe’lning zamon shakllari, fe’l zamonlari tarqqiyoti, o’tgan zamon, hozirgi samon, kelasi zamon.
Turkiyfilologiyada fe’l zamonlari, asosan, fe’lning sifatdosh shakli tarkibida o’rganiladi.


15 - modul: Turkiy tillarda fe’lning vazifa shakllari.


Reja :
1.Turkiy tillarda sifatdosh.
2. Turkiy tillarda ravishdosh.
3. Turkiy tillarda harakat nomi.
Tayanch so’z va iboralar: fe’l, felning funksional shakllari, sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi.
Turkiy tillarda sifatdosh. Turkiy tillar sifatdosh fe'lning funksional grammatik shakli hisoblanadi.
Hozirgi turkiy tillarda mayl va zamon ma'nolarini ifodalovchi qaysi bir fe'l shaklini olmaylik, uning negizida, asosida tarixan sifatdosh yotadi. Masalan, hozirgi o`zbek tilida ravishdoshning tuslanishi orqasida yasaladigan hozirgi-kelasi zamon -aman va o`tgan zamon -ibman shakllari ham tarixan analitik fe'l (ola turur) shaklidagi sifatdoshdan olaturur (oladurur) oladur > oladi va olib turur : olib tur > olibdi kabi tarzda shakllangan44. Hozirgi uyg`ur tilida fe'lning o`tgan zamon (ibman) shakli -iptumen (aliptumen oliptumen, elipsen, eliptu) shaklida ishlatiladi45. Hozirgi turkiy tillarning ko`pchiligida uchraydigan aniq o`tgan zamon (-diman) shakli va shart mayli shaklini yasovchi -sa affiksi ham tarixan sifatdoshning qadimgi turkiy yodgorliklarida ko`p ishlatiladigan –duk -dik va -sar shakllaridan kelib chiqqan46.
Malumki, sifatdosh yasovchi affikslar shakl yasovchilar guruhiga kirib, fe'lning har qanday o`zak-negizlariga qo’shila oladi. Ular fe'lning leksik ma'nosini o`zrgartirmasdan, uning funksional-grammatik shaklini yasaydi. Bu vaqtda fe'lning o`zak-negizlari orqali ifodalanadigan o`timli-o`timsizlik, bo`lishli-bo`lishsizlik, nisbat va tuslanish kabi ma'nolar hech qanday o`zgarishga uchramasdan, o`zlarining dastlabki semantik xususiyatlarini saqlab qoladilar. Lekin sifatdosh yasovchilar fe'lning o`zak-negizlariga qo`shilib, uning funksional shaklini yasab kelganidan grammatik ma'noni, yangi mayl va zamon ma'nolarini ifoda qilib keladi.
Turkiy tillar tarixida fe'llashgan sifatlar quyidagi shakllar bilan yasaladi.
-ba (-ma) ko`rsatkichi bilan yasalgan fe'llashgan sifatlar hozirgi turkiy tillarda harakat natijasini ifodalovchi ot ma'nosida qo`llanadi. Masalan, botma (o`zbek tili), sfma-jarlik (chuvash tili) bulma-xona (tatar,gag.tili), kespe-lapsha (qozoq tili) kabi.
-sh (k-) ) ko’rsatkichi bilan yasalgan fe'llashgan sifatlar harakat natijasini ifodalovchi ot va sifatdosh ma'nosida qo`llanilgan. Hozirgi turkiy tillarda uning qoldiqlari saqlanib qolgan: baty-botmoq, dushuk-tushgan (turk tili), bog`liq, buzuq, kesik (o`zbek tili), ulek-o`lgan, tishek, jabish (tatar tili), pizik-buzuk (chuvash tili) polek-bo`lak (xakas tili) kabi.
-ka, -ga ko’rsatkichi bilan yasalgan fe'llashgan sifatlar hozirgi turkiy tillard; I i sanoqli so`zlarda saqlangan: orge-urma (turk tili), govurg`a-qovurma (ozarbayjon tili), kapqa-darvoza (qirg`iz tili), tigki-tutqich (chuvash tili), kabi.

Download 357.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling