1 modul: Turkiy tillarning umumiy xususiyatlari. Reja
Download 357.93 Kb.
|
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- -gu, -g`u, -ku, ku, -gi
- -ganlik, -diganlik, -yotganlik, -(a)jaklik, -(a)rlik, -maslik, -(i)shlik, -moqlik
Turkiy tillarda harakat nomlari. Hozirgi turkiy tillarda harakat nomlari otlar I 1bi ko`plik, egalik va kelishik qo`shimchalari bilan turlansa ham, ular ot bo`lib qolmaydi. Bular fe'lning funksional shakllari bo`lganligidan na gapga egalik va kelishik qo`shimchalarini olib turlanadi, boshqa yordamchi so`zlar bilan birga kelib, gapda ega, kesim, to`ldiruvch, aniqlovchi va hol vazifalarini bajaradi.
Harakat nomlari fe'llikning asosiy grammatik ham semantik belgilarini o`zlarida saqlaydi. Shuning uchun bularni otlarga o`xshab, so`z o`zgartiruvchi affikslarni qabul qila olishlariga va gapda ot bajaradigan sintaktik funksiyalarda kela olishliklariga qaramay, ot turkumiga kiritib bo`lmaydi. Harakat nomlarini fe'ldan yasalgan otlar (bilim, ekin, ko`rgazma, sevgi, surgich, sevinch, qiyma, kuchoq, botqoq, chiqit) va sifatlar (ochiq, o`tkir, keskin, boshlang`ich, yopishqoq, erinchoq, bo`yama) bilan qiyos qilib ko`rsak, ularning fe'l shakli ekanligi yana ham yaqqolroq ko`zga tashlanadi. Fe'ldan yasalgan otlar harakat nomlariga o`xshash ish-harakat tasavvurini emas, balki predmet tasavvurini ifoda qiladi. Fe'ldan yasalgan ot va sifatlar o`zlarida fe'llik xususiyatlarini batamom yo`qotib, boshqa turkumlarga ko`chib o`tgan so`zlardir. Turkiy tillarda harakat nomlari quyidagi shakllar bilan yasaladi: 1. Hozirgi turkiy tillar ichida harakat nomining -ish affiksi yordami bilan yasalgan shakli o`zbek va uyg`ur tillari uchun xarakterlidir. Hozirgi qozoq, qoraqalpoq va boshqa qipchoq tillarida bu shakl kam ishlatiladi. Bu shaklning xarakterli xususiyatlaridan biri shuki, hozirgi o`zbek va uyg`ur tillarida gapda tutgan o`rniga qarab harakat nomi (xat yozishdan qochadi; gap axlokli bo`lishda), infinitiv (yozish kerak, kelishga boshladi) ma'nosida ishlatiladi. Shuning uchun -(i)sh shakli harakat nomi ba'zan ot (o`ynash, urush, o`qish, bildirish, kurilish, ko`rinish) va ba'zan sifat (tanish odam, o`xshash narsa) o`rnida kelishi mumkin. 2. Harakat nomining –(u)v orqali yasalgan shakli qozoq. qora qalpoq, qirg`iz va boshqa qipchoq tillariga xos bo`lib, o`zbek adabiy tilida -(i)sh orqali yasalgan shaklga nisbatan kam qo`llaniladi. Harakat nomining -uv shakli tarixiy jiqatdan juda qadimgidir. Turkiy tillarga oid adabiyotlarda ko`rsatilishicha, -uv affiksining fonetik taraqqiyoti quyidagicha bo`lgan: -(y)g, -(i)g, -g`u, -gu -uv -uu -u 51. Masalan, o`zbek tilida yozuv, o`kuv; qozoq tilida jazu, oku: qoraqalpoq tilida jazmu, oqmu; qirg`iz tilida jazuu, okuu kabilar. Harakat nomining - uv shaklida ham -mok, orqali yasalgan shaklga nisbatan otlik belgisi kuchli. Shuning uchun ularni ot o`rnida kelishini uchratish mumkin: saylov, tergov, o`lchov, siylov, yaylov kabi. Hozirgi qozoq, qoraqalpoq va qirg`iz tillarida sifat o`rnida kelishi ham mumkin. Masalan, qozoq tilida maqtau soz, qirau korpe, takau auel - yaqin ovul; qoraqalpoq tilida maqtau soz, qirau korpe, takau auil. 3 HozirgI turkiy tillarda harakat nomining -gu, -g`u, -ku, ku, -gi orqali yasalgan shakli kam darajada bo`lsa ham o`zbek, uyg`ur, qozoq, qoraqalpoq, tatar, boshqird tillarida ishlatiladi. Masalan. uyg`ur tilida alg`u, bashlig`u, tapku, ishlig`u; qozoq tilida algim, bastag`im, tapqim, ketku; qoraqalpoq tilida alg`i, gapqi, islegi, ketki kabilar. 4. Harakat nomining -moq orqali yasalgan shakli ozarbayjon, turk. turkman, o`zbek, uyg`ur, qozoq, qoraqalpoq va gagauz tillarida maqsuldor ishlatiladi. Hozirgi turkiy tillarda harakat nomining bu shakli o`zining morfologik xususiyati jiqatidan har xil. Masalan, o`zbek, uyg`ur, qozoq tillarida bu shakl bilan yasalgan harakat nomlari ko`plik. egalik, kelishik qo`shimchalari bilan ishlatilsa, ozarbayjon, turk tillarida faqat kelishik qo`shimchalari bilangina uchraydi. Hozirgi o`zbek tilida harakat nomining bu shakli fe'l o`zagiga -moq tarzida qo`shiladi: olmoq, kelmoq. Boshqa turkiy tillarda u har xil fonetik variantlarga ega. Masalan, uyg`ur tilida almak, kelmek; qozoq tilida almak, kelmek; ketpek, sezbek; qoraqdlpoq tilida almak, aytpak, jazbak, kelmek, ketpek, jetkizbek kabi. Lekin horzirgi qo`miq, turk va qrim-tatar tillarida bu shakl - ma bo`lishsiz affiksi bilan ishlatiladi: satmaq-satmamaq, yatmaq-yatmamaq kabi. Tatar va boshqird tillarida harakat nomining -ir - ga, -er- ga shakllari mavjud: yazirga, alirg’a kabi. Ba'zi turkiy tillarda maqsadli infinitivning -gali shakli bor. Masalan, o`zbek tilida: Suv ichgali chiqib ketdi. Qozoq tilida: Soyleskele keldem. Uyg`ur tilida: Korgili keldim kabi. Hozirgi turkiy tillarda harakat nomining -ganlik, -diganlik, -yotganlik, -(a)jaklik, -(a)rlik, -maslik, -(i)shlik, -moqlik kabi murakkab shakllari ham uchraydi. Xullas, harakat nomi shakllarining -ganlik, -yotganlik, -diganlik, -(a)jaklik affikslari orqali yasalganlari zamon ma'nosiga ega bo`lishlari bilan harakat nomining -ish, -(u)v, -moq, -moqlik, -(i)shlik, -maslik affikslari yordami bilan yasalgan shakllaridan farqlanadilar. Download 357.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling