1 modul: Turkiy tillarning umumiy xususiyatlari. Reja


Download 357.93 Kb.
bet35/53
Sana30.01.2024
Hajmi357.93 Kb.
#1817300
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53
Bog'liq
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi-fayllar.org

-ar, -er, -f, -ir affikslari bilan: qozoq tilida shig’ar – chiqar, qo`miq tilida qaytar, ichir, uyg`ur tilida achur, turk tilida batir, oltoy tilida kechir, shor tilida qachir, no`goy tilida urish kabi.
-t, -tir affiqsi bilan: yazdir (qo`miq tili), yuzdir (turkman tili), yedir (turk tili), kestir (tuva tili), kiydir (oltoy tili), oltur (qirg`iz tili), attir (shor tili), sirdar (yozdir-chuvash tili), toldur (uyg`urtili) kabi.
-t, -o`t, -it affiksi bilan: olurt-o`tkaz (tuva tili), ishlet (qo`miq tili), odurt (shor tili), okut (qirpp tili), oynat (qozoq tili). tutar (tatar tiln). ashat (io`yuy tili) kabi.
-o`z, -iz affiksi bilan: oqiz, tomiz (o`zbek tili), yeiz (qozoq, qirg`iz, qo`miqtillari), agis-oqiz (guva tili) kabi.
-kaz, -qaz, -g`az, -giz affikslari bilan: yatkiz (tatar tili), qalgizu-qoldir (tuva tili), tungiyu (shor, oltoy tillari), to`ro`s (no`g`oy tili) kabi.
Fe'l mayllari.
Turkiy tillarda ish-harakatning voqelikka munosabatini ifodalovchi kategoriya mayl sanaladi. Mayl kategoriyasi harakatning voqelikka munosabatini ifodalab, grammatik zamon va grammatik shaxs uzviy bog`lanadi. Bu uch xodisa fe'lning gapda kesim vazifasini bajarishdan - predikativlik funktsiyasidan kelib chiqadi.
Turkiy tillarda fe'lning uch mayl turi mavjud: 1. Istak mayli. 2 Shart mayli. 3. Buyruqmayli.
Istak mayli turkiy tillarda olti xil affiks bilan yasaladi. Ular -gay, -ay, -asi, -a, -sa, -sar kabilar.
-gay affiksi fe'l o`zagiga qo`shilgan, unga shaxs-son affikslari -msh, -ssh, -bsh, -so`z va -lar qo`shiladi. Bu holat no`g`oy, qaraim. shor, oltoy, tuva, qozoq, qoraqalpoq, chulim, hakas, salar tillarida va biroz o`zgargan xolda yokut tilida uchraydi. Masalan, no`g`oy tilida:
Birlik
1. barg`ayman
2. bargaysan
3. bargay
Ko`plik
1. bargaymiz
2.bargaysiz
3.bargaylar
-ay affiksi bilan yasalgan istak mayli shaklining birinchi shaxs birlik va ko`pligi ayrim turkiy tillarda saqlahgan: barayim, barayik (no`g`oy tili), alym, alyk (tatar tili), alayik (qozoq tili) kabi.
Ba'zi turkiy tillarda -ay affiksi funksiyasida -sh, -sh, -al affikslari qo`llaniladi: alalsh (turk, gagauz tili), alalsh (turkmai tili), alilshar (tuva tili).
Ayrim turkiy tillarda oxiridagi -nm, -sh tushirilgan yoki boshqa affikslar qo`shilgan xolda ishlatiladi. Masalan, uygur tilida alay, o`zbek tilida olay, olaylik kabi.
-asi affiksi bilan yasalgan istak mayli shaklining turkiy bobotilda mavjudligidan turk, ozarbayjon, gagauz tillari materiallari dalolat beradi. Bu shakl yoqut tilidan boshqa tillarda yo`q. Yoqut tilida -asi affiksi -mo` tarzida keladi:
-a affiksi bilan yasalgai istak mayli shakli o’g`uz guruh tillarida maxsuldor qo`llaniladi: alam, alasan, ala. alag, alash, alalar (ozarbayjon tili), yazaysh, yazasish, yaza, ya alim, yazash, yazalar (turk tili).
-so`n affiksi bilan yasalgan istak mayli buyruq mayli uchinchi shaxsi negizida paydo bo`ladi: olsun (turk tili). also`n (tatar tili) kabi.
Buruq mayli ish-qarakatni bajarish yoki bajarmaslik haqida buyurish, istash, so`rash, iltimos, maslahat, undash-chaqirish kabi ma'nolarni ifodalaydi. So`zlovchi (1 shaxs) o`z-o`ziga buyura olmaydi, balki u II shaxsga buyuradi. Sof buyruq II shaxs birlik orqali ifodalanadi. Buyruq mayli fe'l o`zagiga -ay (-aylik), -so`sh, -gin, -gil affikslarini ko`shish bilan yasaladi. Masalan qozoq tilida alayga, al, alish, alayik, alingdar, alsin; o`zbek tilida boray, bor, borgin, boring, borsin, boraylik, boringiz, borsinlar.
Shart mayli biror ish-harakatning yuzaga chiqishi uchun undan oldin bajarilishi shart bo`lgan ish-harakatni ifodalaydi. Turkiy tillarda shart mayli yasovchi -sa, -se, -sar, -san affikslari mavjud.
Fe'l o`zagiga -sa ko`rsatkichi va ikkinchi guruh shaxs shakllarini qo`shish bilan yasalgan shart mayli barcha turkiy tillarda mahsuldor qo`llaniladi. Masalan, alsam, alsang, alsa, alsak, alsagiz, alsa.
Shart maylining -sar affiksi bilan yasalgan shaklining XIII asrgacha bo`lgan turkiy yozma yodgorliklarda va hozirgi yoqut tilida -tar fonetik variantlari mavjud: kordorbun, kordorg`un, kordor, kordorbut, kordorg`ut, kordorlar kabi.
Shart maylining -san ko`rsatkichi faqat chuvash tilida qo`llaniladi: pulzan - bo`lsang.
O`g`uz guruhi tillarida shart-istak ma'nosini ifodalovchi –mali// - meli affiksi mavjud: yazmali, (turk tili), kelmeliyem, oxumali idim (ozarbayjon tili), yazmali (turkman tili) kabi. Turkman tilida shaxs qo`shimchasi yo`q, uning funksiyasini kishilik olmoshi bajaradi: men yazmali.
Fe'lning tuslanishi.
Fe'lning shaxs-son affikslarini olib o`zgarishi tuslanish sanaladi. Shuning uchun shaxs-son affikslari tuslovchilar deb ataladi.
Turkiy tillarda tuslovchilar tubandagi ikki guruhga birlashadi. I-guruh, shaxs-son affikslari:
Birlik
I shaxs -ban, -ben, -man
II shaxs -san, -sen, -sin, -sig, -siz
III shaxs -di, -dilar yoki nol
II guruh shaxs-son affikslari.

Birlik
I shaxs -m


II shaxs -q, -g, -ng
III shaxs -nol
Ko`plik
-bp, -biz, -mp -sgz, -siz nol (-lar)
Ko`plik -k, -k
-gp. -giz, -ngiz nol (-lar)

Download 357.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling