1-Modul. Xalq hunarmandchiligi va amaliy san’AT
VI. Oilaviy tadbirkorlik hamda hunarmandchilik sub’ektlarining huquq va majburiyatlari
Download 233 Kb.
|
1 mavzu Xalq xunarmandchilik san’ati haqida umumiy ma’lumot
VI. Oilaviy tadbirkorlik hamda hunarmandchilik sub’ektlarining huquq va majburiyatlari
16. Oilaviy tadbirkorlik sub’ektlari, shuningdek hunarmandlar quyidagi huquqlarga ega: ijtimoiy sug‘urta qilinish va ish davrlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat stajiga hisoblash; amalga oshirilayotgan faoliyat turiga muvofiq bo‘lgan buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish, shuningdek ularni mustaqil ravishda yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqacha tarzda sotish; amalga oshirilayotgan faoliyatdan olingan daromadni barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan keyin, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish; ishlab chiqarilayotgan buyumlar yoki tovarlar (xizmatlar, ishlar)ga mustaqil ravishda narx belgilash; ishlab chiqarilgan buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda identifikatsiyalash; qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish. 17. Oilaviy tadbirkorlik sub’ektlari, shuningdek hunarmandlar quyidagilarga majbur: ishlab chiqarilayotgan buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning lozim darajada sifatli bo‘lishini ta’minlash; buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarishda bevosita qatnashish; qonun hujjatlarida belgilangan xavfsizlik texnikasini hamda mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalarini, shuningdek 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslar ishini tartibga soluvchi mehnat qonunchiligi normalarini ta’minlash; Oldingi tahrirga qarang. o‘quvchilarga tegishli mukofotlar to‘lash; (17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 19 iyuldagi 225-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012 y., 29-son, 339-modda) Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda Pensiya jamg‘armasi deb ataladi) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni, shu jumladan sug‘urta badallarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lash; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish. 18. SHogird quyidagi huquqlarga ega: qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘qitish «Usto-shogird» usuli bo‘yicha amalga oshirilgan taqdirda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan stipendiya olish; Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan taqdirda pensiya bilan ta’minlanish; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanish. 19. SHogird quyidagilarga majbur: agar u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ta’limining to‘liq kursini tugallamagan bo‘lsa, umumta’lim maktabi, kasb-hunar kolleji yoki akademik litseyda o‘qish; amalga oshirilayotgan hunarmandchilik faoliyatiga o‘qish doirasida hunarmandning ko‘rsatmalarini bajarish; xavfsizlik texnikasi hamda mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalariga rioya etish; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish. Download 233 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling