1-Modul. Xalq hunarmandchiligi va amaliy san’AT


Download 233 Kb.
bet1/12
Sana01.01.2023
Hajmi233 Kb.
#1074405
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1 mavzu Xalq xunarmandchilik san’ati haqida umumiy ma’lumot


1-Modul. XALQ HUNARMANDCHILIGI VA AMALIY SAN’AT


1-mavzu. Xalq xunarmandchilik san’ati haqida umumiy ma’lumot.
Kirish. Xalq xunarmandchilik san’atining tarixi va uning rivojlarish bosqichlari. Xalq xunarmandchiligi san’ati sohasida Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari. O‘zbekistonda xalq amaliy san’ati va milliy hunarmandchilikning rivojlanishi (Baqtriya, So‘g‘d, Xorazm, Shosh, Parkana). Xalq hunarmandchiligi va amaliy san’at turlari, ulardagi umumiylik va farqlar. Umumta’lim maktablaridagi texnologiya mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni milliy hunarmandchilik va amaliy san’at asoslariga o‘rgatishning mazmuni.
K i r i sh
Xalq amaliy bezak san’ati tarixiy jismga badiy ishlov berish faoliyatidan boshlangan. Inson badiy -ijodiy tafakkuri mahsuli bo’lgan bu faoliyat tosh asrida paydo bo’lgan va uning yashasht uchun guzal muxit yaratishga xizmat qilgan. Bundan tashqari, bu faoliyat inson qalbida komillikka va erkinlikka intilishni kuchaytirgan hamda unga cheksiz imkoniyatlar sohibi ekanligini anglatgan. O’z navbatida inson ongi va tafakkuri rivojlanib, ma’naviy ehtiyojlarini ortib borishi bilan mazkur san’atning mazmuni, turlari hamda badiiy fioda vositalari boyib, rivoj topib borgan.
Xalq amaliy bezak san’ati naqshlar asosida buyumlarga badiiy ishlov berishdan iboratdir. Naqshlar jismga turli yo’llar va vositalar yordamida tushirilgan: chizib, o’yib, zarb bilan, qadab, qo’l choklari yordamida, to’qib, gul bosib. Naqshlarni buyumga tushirish usullarining boyib borishi xalq amaliy bezak san’ati hamda xalq xunarmandchiligi turlarining paydo bo’lshiga olib kelgan: naqqoshlik, yog’och o’ymakorligi, zargarlik, ganchkorlik, kashtachilik, zarduzlik, gilamchilik va hokazo.
Ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida shakllantirilgan o’zbek xalq amaliy bezak san’ati bugungi kunda umuminsoniyat madaniyatida muxim o’rin egallaydi. O’zbek xalq amaliy san’ati namunalari jahonga mashhur bo’lib, dunyoning turli shaxarlaridagi san’at va etnografiya muzeylaridan o’rin olgan. Ayniqsa, mustaqillikdan so’ng mazkur san’at asarlari xalqimiz nomini butun dunyoga tantishda katta rol o’ynamokda. SHubxasiz, bu jabhada yoshlarimizning o’rni beqiyosdir. YOshlarimizning badiy san’at va hunarmandchilik turlarini ilmiy asosda va amaliy jihatdan puxta o’zlashtirdagina bu muxim vazifani muvofaqiyatli uddalay oladilar.
Xalq xunarmandchiligining O’zbekiston respublikasi uzluksiz ta’lim tizimida tasviriy sa’nat va kasblarga tayyorgarligini milliy, tarixiy, etnografik va maxalliy asosga qo’yilishga va qayta qurilishga zamin yaratadi. Bu muxim soxaning axamiyatini, uni takominlashtirish va rivojlantirish to’g’risidagi birinchi Prizidentimiz I.A.Karimovning 1997 yil 31martdagi Xalq badiiy xunarmandchiliklari va amaliy san’ati yanada rivojlantirishni davlat yo’li bilan qo’lab – quvvatlash chora tadbirlari to’g’risidagi farmoni muxim axamiyatga molik voqea xisoblanadi. Ushbu farmonda shunday deyiladi: yoshlarni xalq san’ti utalarining ko’nikmalariga o’qitib o’rganish uchun zarur shart – sharoitlarni vujudga keltirishda amaliy yordam ko’rsatish qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining viloyatlar shaxar va tumanlar xokimliklarning Respublika Vazirlari va idoralarining eng muxim vazifasi deb xisoblanadi. Qarorga muvofiq xar yili xalq xunarmandchiligi badiiy – amaliy bezak san’ati ustalarining ijodini, ish faoliyatlarini yorituvchi ko’rik, ko’rgazmalarni respublikamizning barcha tuman, shaxar, viloyatida tashkil etish ajoyib an’anaga aylanib qoladi. Bu an’naga muvofiq, mamlakatimiz bo’yicha o’tkazilgan yakuniy ko’rik – ko’rgazmaga muvofiq, g’olib chiqqan moxir ustozlar respublika Prezidentining qimmatbaxo sovg’asi bilan taqdirlanadilar, xamda xalqaro ko’rik – tanlovlarda ishtirok etish uchun yo’llanma oladilar. Bu xol esa milliy madaniyatimiz, merosimiz xisoblangan xalq xunarmandchiligi amaliy san’atini bevosita birinchi Prizidentimiz I.A.Karimov tashabbuslari bilan yangidan umumdavlat miqyosida rivojlantirishga jiddiy e’tibor berilayotganligiga yaqqol dalil bo’la oladi.
Xalq xunarmandchiligi moddiy madaniyatimiizning eng qadimiy muxim turlaridan xisoblanadi va tasviriy xamda amaliy san’atining ko’pdan-ko’p soxalari bilan u yg’unlashib ketadi. Ammo, tasviriy va amaliy san’at, buyumlarga badiiy ishlov berish jarayonining xamda xalq xunarmandchiligining o’ziga xosligi, yo’llarini bir biridan farqlanadi. SHuning uchun biz moddiy ma’naviyatning, madaniyatning ushbu soxalarining mavjud ta’riflarini keltirib, taqqoslab o’tmoqchimiz.
Tassviriy san’at – san’at turi bo’lib, rassomlik, grafika, xaykaltaroshlik va foto san’ati soxalarini o’z ichiga oladi. Tasviriy san’nat real borliqni ko’rgazmali obrazlarda, mavjud predmetlarni ularning tabiiy shakli, o’rni bo’lishini o’ziga o’xshatib, umumlashtirib va tipiklashtirib ifodalaydi.
Amaliy bezakchilik san’ati – tasviriy san’atning eng qadimgi turlaridan biri, va materialga bezak texnikasiga qarab farqlanadi. Xalq turmush madaniyatini xarakterlaydi. Amaliy bezak san’ati buyumlarining badiiyligi shu buyumlarining amaliy funktsiyasi bilan bog’liq.
Xunarmandchilik – xunarmand, xar xil oddiy mexnat qurollari yordamida xomashyodan turli maxsulotlar tayyorlanadigan ishlab chiqarish, shunday maxsulotlar tayyorlanadigan kasblarning umumiy nomi.
Kulolchilik, duradgorlik, temirchilik, misgarlik, binokorlik, xaykaltaroshlik, o’ymakorlik, toshtaroshlik, ko’nchilik, pichoqchilik, do’ppichilik va boshqalar ajrala borgan.
Demak yuqoridagi ta’riflardan ko’rinib turibdiki, xalq xunarmandchiligining moxiyati, mazmuni , tuzilishi xususiyati, o’ziga xosdir. O’zbek xalqining shakillanishi tarixi bilan uyg’unlashib ketgan xalq xunarmandchiligining o’nlab turlari bo’lishiga qaramasdan, xozirgi zamon ta’lim tarbiya tizimida ulardan deyarli foydalanmasdan kelishi mavjud, mexnat va kasbga yo’naltirish ta’lim tizimining milliy, maxalliy, etnik, tarixiy xususiyatlardan ajralib qolishga sabab bo’lmoqda.
Respublikamizdagi xalq xunarmandchiligining Toshkent, Samarqand, Buxoro, Nukus, Xiva, Termez, Urganch, Namangan, Andijon, Farg’ona, CHust, SHaxrisabzva boshqa markazlarning ta’limiy – tarbiyaviy imkoniyatlari beqiyos bo’lib, o’ziga xosligi jixatdan bir – biridan ajralib turadi.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI
Oldingi tahrirga qarang.

Download 233 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling