1-Modul. Yosh va pedagogik psixologiya predmeti 1-ma`ruza. Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari Reja
Download 285.31 Kb. Pdf ko'rish
|
1-maruza. Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1. Yosh va pedagogik psixologiya fanining predmeti, maqsad va
Tayanch soz’ va iboralar:
Yosh davrlari, yosh bosqichlari, ontogenez, filogenez, psixik taraqqiyot, ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiya, psixika, evolyusiya guruh, jamoa, erkak, ayol, yosh o‘sishi
vazifalari. Yosh va pedagogik psixologiya faniga oid ilmiy bilimlarning vujudga kelish tarixi. Yosh davrlari psixologiyasi fani predmeti to‘g‘risida fikr yuritilayotganda inson yoshining turli yosh bosqichlarida kechishi, yosh o‘sishiga va psixik taraqqiyotga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, turli ta’sirlar tufayli turlicha tarzda ro‘y beradigan psixik rivojlanish xarakteristikasi nazarda tutiladi. Demak, yosh davrlari psixologiyasi fanining mavzu baxsi turli yoshdagi odamlarning (bolalar, o‘quvchilar, kattalar, erkaklar, ayollarning (ontogenezda) tug‘ilgandan yoshining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi hamda o‘zaro munosabati qonuniyatlarini tahlil qilishdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini, uning har xil faoliyatini, erkak va ayolning jins tafovvutlarini, shuningdek inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqiq qiladi. Jamiyat a’zosi sifatida kamol topayotgan bolada ijtimoiy muhit sharoitlari va o‘z tabiatining muayyan hususiyatlari evaziga bilish jarayonlari, o‘ziga xos xususiyatlari va ruhiy holatlari, ongi rivojlanib boradi. Bu jarayon alohida individ hayotida ma’lum ketma-ketlikda, muayyan qonuniyatlar asosida ro‘y beradi. Shu tufayli yosh davrlari psixologiyasi fani predmeti xususida gap borganda turli yoshdagi insonlar psixik rivojlanishining xususiyatlari, o‘ziga xos omillari, mezonlari va mexanizmlari nazarda tutiladi. Demak, ijtimoiy hayotda, TA’LIM- tarbiya jarayonida, guruh va jamoalarda, ishlab chiqarishda hamda oilaviy munosabatlarda yosh davrlari psixologiyasi alohida o‘rin tutadi. Inson shaxsining tarkib topishi va bilish jarayonlarining rivojlanishi muammosini psixikaning
rivojlanishi qonuniyatlarini hisobga olmay turib oqilona hal etib bo‘lmaydi. Shuning uchun hozirgi ijtimoiy, siyosiy hamda kommunikativ omillarning roli kun sayin ortib borayotgan kunda «inson omili» masalasi dolzarb mavzuga aylangan. Shaxsning barcha imkoniyatlarini to‘la to‘kis ro‘yobga chiqarish, ularning o‘zlarini namoyon etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual, ma’naviy va moddiy jihatdan o‘sishini kafolatlash zamonaviy ta’lim-tarbiyaning bosh mezoni bo‘lishi lozim. Pedagogik psixologiya boshqa psixologiya fanlari qatori talabalarni ilmiy- Download 285.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling