1-Modul. Yosh va pedagogik psixologiya predmeti 1-ma`ruza. Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari Reja
Rivojlanishni davrlashtirish muammosi psixik rivojlanish va ta’lim
Download 285.31 Kb. Pdf ko'rish
|
1-maruza. Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiylashuv nazariyasiga
Rivojlanishni davrlashtirish muammosi psixik rivojlanish va ta’lim
o’rtasidagi o’zaro munosabat. Turli yosh davrlarda yetakchi faoliyat turlari. Inson shaxsining psixik rivojlanishi va uning shakllanishi murakkab tadqiqot jarayonidir. Zero, uning o‘ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini asosli, ilmiy bilish, o‘quvchi shaxsiga pedagogik jihatdan ta’sir ko‘rsatishning zarur shartidir. Inson-biosotsial mavjudotdir. Uning birligi, bir tomondan, kishining psixik, tug‘ma ravishda tashkil topgan xususuyatlari (masalan, ko‘rish yoki eshitish sezgilari) ikkinchi tomondan esa faoliyatning ongli sub’ekti va ijtimoiy
taraqqiyotning faol ishtirokchisi sifatida uning hulq-atvor (M,axloqiy odatlar) xususiyatlarida namoyon bo‘ladi. Xo‘sh, odam psixikasi va hatti-harakatlarida namoyon bo‘ladigan bu xususiyatlarni nimalar sirasiga kiritish mumkin. Inson psixikasining tabiati biologikmi yoki inqilobiy xarakterga egami? Inson shaxsining tarkib topishi va psixik rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarning muammosi o‘z mohiyati jihatidan g‘oyaviy xarakterga ega. Shu bois, bu masalani hal qilishda bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan turli oqimlar, yo‘nalishlar maydonga kelgan. Inson shaxsining tarkib topishini tushuntirishda maydonga kelgan birinchi oqim biogenetik konsepsiya, nazariya bo‘lsa, ikkinchi oqim sotsiogenetik konsepsiyadir. Inson shaxsining tarkib topishini tushuntirishga intiluvchi biogenetik oqim XIX asrning ikkinchi yarmida maydonga kelgan. Bola psixik xususiyatlarinng tug‘ma tabiati haqidagi ta’limot shu vaqtga qadar aksariyat psixologiya maktablarining asosini tashkil etib kelmoqda. Mazkur ta’limot inson psixikasining barcha umumiy va individual xususiyatlari tabiat tomonidan belgilangan, uning biologik tuzilishiga tenglashtirilgandir, psixik rivojlanish esa, irsiy yo‘l bilan azaldan belgilanib, inson organizmiga joylashtirilgan shu xususiyatlarning maromiga etish jarayonidan iborat deb ta’kidlaydi. Ma’lumki, nasliy xususiyatlar tug‘ma yo‘l bilan nasldan-naslga tayyor holda beriladi, biroq shunday bo‘lishiga qaramay, bu oqim namoyondalari inson shaxsi va uning barcha xususiyatlari, ichki qonunlar asosida, ya’ni nasliy xususiyatlar negizida maydonga keladigan narsa, biologik omillarga bog‘liqdir, deb ta’kidlaydilar. Biogenetik ta’limot, inson qobiliyatlarining rivojlanish darajasi (chunonchi, imkoniyatlarining chegarasi, uning eng yuksak nuqtasi) taqdir tomonidan belgilanib qo‘yilganligini, o‘quvchi imkoniyatlari va qobiliyatlarini maxsus testlar yordamida aniqlab, undan so‘ng ta’lim jarayonini uning irsiyat tomonidan belgilangan taraqqiyot darajasiga moslashtirish ularning aqliy iste’dod darajalariga qarab turli mavqedagi maktablarda taqsil olishi zarur deb ta’kidlashadi. Chunonchi, bu yo‘nalish tarafdorlaridan, amerikalik psixolog E.Torndayk o‘quvchilarning «tabiiy kuchlari» va «tug‘ma mayllar»ini psixik rivojlanishning etakchi omili qilib ko‘rsatib, muhitning, ta’lim-tarbiyaning ta’siri-ikkinchi darajalaridir, deb aytadi. Avtraliyalik psixolog K.Byuler bolalarning faqat aqliy taraqqiyotinigina emas, balki axloqiy rivojlanishi ham nasliy tomondan belgilangandir, deb ta’kidlaydi. Inson shaxsining tarkib topishini o‘rganish davomida yuzaga kelgan yana bir ta’limot-Sotsiogenetik konsepsiya-qobliyatlarning taraqqiyotini, faqat tevarak-
atrofdagi muhitning ta’siri bilan tushuntiradi. Bu yo‘nalish o‘z zamonasi uchun ilg‘or hisoblangan XVIII fransuz olimi K. Gelvetsiy ta’limotidan boshlangan. K.Gelvetsiy ta’limotiga ko‘ra, barcha odamlar aqliy va axloqiy rivojlanishi uchun tug‘ilishdanoq mutlaqo bir xil tabiiy imkoniyatga ega bo‘ladilar. Shuning uchun odamlarning psixik xususiyatlaridagi farq faqatgina muhit va tarbiyaning turlicha ta’sir qilishi bilan vujudga keladi, deb tushuntiriladi. Bu nazariya odamlarning psixik, ruhiy, oqibatda ijtimoiy tengsizligi ularning tug‘ma xususiyatlari degan ta’limotga qarshi qaratilgan edi. Sotsiogenetik yondashishga binoan, shaxsda ro‘y beradigan o‘zgarishlar jamiyatning tuzilishi, ijtimoiylashish usullari, uni qurshab turgan odamlar bilan o‘zaro munosabati vositalaridan kelib chiqqan holda tushuntiriladi. Ijtimoiylashuv nazariyasiga ko‘ra, inson biologik tur sifatida tug‘ilib, hayotning ijtimoiy shart-sharoitlarining bevosita ta’siri ostida shaxsga aylanadi. Psixologiya fani zamonaviy ta’limotga asoslangan holda inson shaxsining tarkib topishini asosan uchta omilning ta’siriga bog‘liqligini dalillar asosida izohlab beradi. Ulardan,-birinchisi-inson tug‘ilib voyaga etadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri; -ikkinchisi-odamga uzoq muddat davomida muntazam tarzda beriladigan ta’lim-tarbiyaning ta’siri; -uchinchisi-odamga tug‘ma ravishda, tayyor holda beriladigan nasliy xususiyatlarni ta’siridir. Ma’lumki, har bir odam o‘ziga xos, boshg‘alarda aynan takrorlanmaydigan ijtimoiy muhitda, aniq ijtimoiy munosabatlarda, ya’ni oila, jamoa va jamiyatda, odamlar orasida yashab ulg‘ayadi, shakllanadi. Bu ijtimoiy munosabatlarga odam jamiyat a’zosi sifatida, ma’lum sinfning, u yoki bu ijtimoiy guruhning namoyondasi sifatida va nihoyat tashkil qilinganlik va uyushqoqlik darajasi turlicha bo‘lgan muayyan jamoalarning faol a’zosi sifatida qatnashadi. Rivojlanish deganda odatda hodisalarning har ikki turi tushuniladi va bu tushunchalar bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir: Download 285.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling