Ontogenez-(yunoncha, ontos-mavjud, jon zot; genezis- kelib chiqish, paydo
bo‘lish) – individning paydo bo‘lishidan umrining oxirigacha psixik rivojlanish
jarayoni.
Yoshning ulg‘ayib borishi, psixik jarayonlarning inson rivojlanishidagi
qonuniyatlari, undagi etakchi omillar hamda inson hayot yo‘lining turli
bosqichlarida uning shaxsiga xos xususiyatlar yosh davrlari psixologiya fanining
tadqiqot predmeti hisoblanadi. Ma’lumki, shaxs tarkib topish jarayonining
psixologik qonuniyatlarini, uning ilmiy asoslarini mukammal bilmay turib, ta’lim
va tarbiyaning nazariy hamda amaliy masalalarini muvaffaqiyatli hal etib
bo‘lmaydi. Yosh davrlar psixologiya fani bu borada ham o‘ziga tegishli
masalalarni tor eksperimental ravishda o‘rganish bilan cheklanib qolmay, balki o‘z
muammolarini inson hayoti va faoliyatining tabiiy sharoitlarida bolaga beriladigan
ta’lim va tarbiyaning mazmun va mohiyatidan kelib chiqqan holda o‘rgansa,
yanada muvaffaqiyatli rivojlanishi mumkin.
Hozirgi vaqtda pedagogik psixologiyaning muhim vazifalaridan biri-
maktabdagi ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini
ishlab chiqishdan iborat bo‘lib, bu hol yangi ta’lim dasturiga o‘tish munosabati
bilan bog‘liqdir. Pedagogik psixologiya shu bilan birga o‘quvchilar shaxsining
tarkib topish jarayonini turli tarbiyaviy tadbirlarning o‘quvchilarga ko‘rsatadigan
Do'stlaringiz bilan baham: |