16519 Yig‘ilgan eskirish summasi — Obyektni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: ijaraga olingan va takomillashtirilgan obyektlarning yig‘ilgan eskirish summasi va qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan yig‘ilgan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ijaraga olingan obyektlarning eskirish summasi, qadrsizlanish natijasidagi vujudga kelgan zararlar va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ijaraga olingan obyektlarning ijara muddati tugashi yoki ijara huquqining bekor qilinishi bilan lizing beruvchiga qaytarilgan yoki ijara muddati tugashi bilan bank tomonidan sotib olinganda yig‘ilgan eskirish summasi, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir ijaraga olingan obyekt bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16529 Transport vositalari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank ishida foydalanish uchun sotib olingan transport vositalari (avtomashina, yuk mashinalari va boshqa harakatlanuvchi vositalar)ning qiymati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida transport vositalarining ularni sotib olish bilan bog‘liq barcha xarajatlarini hisobga olgan holdagi qiymati, aktiv sifatida qabul qilish mezonlariga javob beradigan keyingi xarajatlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan transport vositalarining qiymati, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir transport vositasining turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16531 Yig‘ilgan eskirish summasi — Transport vositalari (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: transport vositalarining yig‘ilgan eskirish summasi va qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan yig‘ilgan zararlar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida transport vositalarining eskirish summasi, qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan zararlar va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan transport vositalarining yig‘ilgan eskirish summasi, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir transport vositasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |