1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Lizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar


Download 1.01 Mb.
bet129/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

16323 Lizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: lizing bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek 16377 — “Shartnoma bo‘yicha olish uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan olinishi lozim bo‘lgan foizlar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16325 Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi subsidiyalari hisobidan qoplanadigan, olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi subsidiyalari hisobidan qoplanadigan, hisoblangan, lekin hozircha olinmagan foizlarning (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan operatsiyalar bo‘yicha hisoblangan foizlarning) hisobi.
Hisobvaraqning debetida Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi subsidiyalari hisobidan qoplanadigan olishga hisoblangan foizlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlarning summasi, shuningdek noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16377 Shartnoma bo‘yicha hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan olinishi lozim bo‘lgan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: shartnoma bo‘yicha olish uchun hisoblangan, biroq muddatida to‘lanmagan (aktivlar va vositachilik haqi bo‘yicha foizlarni hisobga olish uchun balansdan tashqari hisobvaraqlarda o‘tkazgunga qadar hisoblangan va muddati kechiktirilgan) foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida shartnoma bo‘yicha olish uchun hisoblangan, biroq muddatida to‘lanmagan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aktiv va qarzdor bo‘yicha shartnoma bo‘yicha olish uchun hisoblangan, biroq muddatida to‘lanmagan foizlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling