16315 Sotib olingan veksellar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: sotib olingan veksellar bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida veksellar xarid bahosiga kiritilgan va olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek 16377 — “Shartnoma bo‘yicha olish uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan olinishi lozim bo‘lgan foizlar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob veksellarning turi va muddati bo‘yicha hamda to‘lovchilar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16319 Mijozlarning akkreditiv va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan tratta majburiyatlari bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning akkreditiv va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan majburiyatlari bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek 16377 — “Shartnoma bo‘yicha olish uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan olinishi lozim bo‘lgan foizlar”hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16321 Bankning to‘lanmagan akseptlari bo‘yicha mijoz majburiyatlari yuzasidan olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning to‘lanmagan akseptlari bo‘yicha mijoz majburiyatlari yuzasidan hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek 16377 — “Shartnoma bo‘yicha olish uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan olinishi lozim bo‘lgan foizlar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob veksel/trattalarning muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |