1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar


Download 1.01 Mb.
bet126/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

16303 Boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi hamda “16377 — Shartnoma bo‘yicha olish uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan olinishi lozim bo‘lgan foizlar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16304 Bosh bank/filialdan olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar Hisobvaraqning ta’rifi: Bosh bank/filialdan olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi hamda 16377 — “Shartnoma bo‘yicha olish uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan olinishi lozim bo‘lgan foizlar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda bank/har bir filial bo‘yicha olib boriladi.
16305 Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qimmatli qog‘ozlar xarid bahosiga kiritilgan va olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek 16377 — “Shartnoma bo‘yicha olish uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan olinishi lozim bo‘lgan foizlar”hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling