1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot


Download 1.01 Mb.
bet122/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

15993 So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot
Hisobvaraqning ta’rifi: so‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarning xarid qiymati (sotib olish xarajatlari va agar mavjud bo‘lsa, sotib olingan foizlardan tashqari) bilan nominal qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatidan yuqori bahoda xarid qilishdagi mukofot summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mukofot amortizatsiyasi summasi hamda qimmatli qog‘ozlar sotilganda, qayta tasniflanganda va o‘tkazilganda va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilganda mukofot summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15999 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: ushbu hisobvaraqda qimmatli qog‘ozlarning qadrsizlanishi natijasida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zaxira summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qimmatli qog‘ozlarning turi hamda emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16100 Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar
16101 Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bosh bank va filiallar o‘rtasida yoki bir bank filiallari o‘rtasida bo‘ladigan naqd pul bilan bog‘liq operatsiyalarning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 22202-“Bosh ofis/filiallarga beriladigan mablag‘lar — Naqd pullar” o‘zaro mos hisobvaraq hisoblanadi. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlangan balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning debetida Bosh bank/filiallarga naqd pul uchun berilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Bosh bank/filiallarga to‘langan qarzlar, noto‘g‘ri o‘tkazilish natijasida qaytarilgan mablag‘lar summasi, shuningdek Bosh bankda yopiladigan barcha o‘tkazmalar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Bosh bank/filiallar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling