1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar


Download 1.01 Mb.
bet119/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

15900 So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar
15901 Davlat xazina veksellari
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan chiqarilgan, so‘ndirish muddatigacha saqlash va qat’iy belgilangan summada daromad olish maqsadida xarid qilingan xazina veksellari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan xazina veksellarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan xazina veksellarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob xazina veksellarining turlari va muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
15905 Davlat obligatsiyalari
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan chiqarilgan, so‘ndirish muddatigacha saqlash va qat’iy belgilangan summada daromad olish maqsadida sotib olingan davlat obligatsiyalari va boshqa xazina majburiyatlari (uzoq muddatli) hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan davlat obligatsiyalari va boshqa xazina majburiyatlarining nominal qiymati va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan davlat obligatsiyalarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan davlat obligatsiyalarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob davlat obligatsiyalari va boshqa xazina majburiyatlarining turlari va muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
15909 O‘zRMBining obligatsiya va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: so‘ndirish muddatigacha saqlash va qat’iy belgilangan summada daromad olish maqsadida xarid qilingan O‘zRMBning obligatsiya va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan O‘zRMBning obligatsiya va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan yoki Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob obligatsiyalar va boshqa qarz majburiyatlari turlari va muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling