1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Boshqa qarz qimmatli qog‘ozlar


Download 1.01 Mb.
bet121/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

15979 Boshqa qarz qimmatli qog‘ozlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan turkumga mos tushmaydigan, so‘ndirish muddatigacha saqlash va qat’iy belgilangan summada daromad olish maqsadida xarid qilingan boshqa qarz qimmatli qog‘ozlar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati aks ettiriladi
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi va muddati bo‘yicha hamda emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15989 So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish bo‘yicha xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: qarz qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlar (agent, maslahatchi, diler va brokerlarga to‘lanadigan mukofot va vositachilik haqi, nazorat organlari va fond birjalarining yig‘imlari hamda mablag‘ o‘tkazganlik uchun soliq va yig‘imlar va h.k.) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida so‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarning xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida so‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarning xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarining amortizatsiya qilingan summasi hamda sotilgan, qayta tasniflangan va o‘tkazilgan yoki hisobdan chiqarilgan qarz qimmatli qog‘ozlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15991 So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: so‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarning xarid qiymati (sotib olish xarajatlari va agar mavjud bo‘lsa, sotib olingan foizlardan tashqari) bilan nominal qiymati o‘rtasidagi salbiy farq hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida diskont amortizatsiyasi hamda qimmatli qog‘ozlar sotilganda va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilganda diskont summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarz qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatidan past bahoda xarid qilishdagi diskont summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling