1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Download 1.01 Mb.
bet120/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

15911 Yevroobligatsiyalar
Hisobvaraqning ta’rifi: so‘ndirish muddatigacha saqlash va qat’iy belgilangan summada daromad olish maqsadida xarid qilingan yevroobligatsiyalar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan, shuningdek Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan yevroobligatsiyalarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan yoki Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan yevroobligatsiyalarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob yevroobligatsiyalarning turlari, muddati va emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
15913 Korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: so‘ndirish muddatigacha saqlash va qat’iy belgilangan summada daromad olish maqsadida xarid qilingan korxona (tashkilot)ning qarz qimmatli qog‘ozlari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan korxona qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan qarz qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob korxona(tashkilot)larning obligatsiyalari va boshqa qarz majburiyatlarining turlari, muddati va emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
15923 Tijorat banklarining obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: tijorat banklarining so‘ndirilguniga qadar ushlab qolish va qat’iy belgilangan daromad olish maqsadida xarid qilingan obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlari hisobi.
Hisobvaraqning debetida tijorat banklarining xarid qilingan obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati, shuningdek Markaziy bankning me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq qayta tasniflangan va tegishli hisobvaraqlardan mazkur hisobvaraqqa o‘tkazilgan qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida chiqib ketgan yoki Markaziy bankning me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq qayta tasniflangan va tegishli hisobvaraqlarga o‘tkazilgan qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob tijorat banklarining obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlarining turlari va muddatlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling