22013 Davlat dasturlari bo‘yicha berilgan ipoteka kreditlarini moliyalashtirish uchun O‘zRMBga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat dasturlari bo‘yicha uy-joy xarid qilish uchun berilgan ipoteka kreditlarini moliyalashtirish uchun O‘zRMBdan olingan, taqdim etilgan sanadan boshlab 1 yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kredit summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qoplangan kredit summalari hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22014 Yoqilg‘i xomashyosini import qilish uchun berilgan kreditlarni moliyalashtirish uchun O‘zRMBga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yoqilg‘i xomashyosini import qilish uchun berilgan kreditlarni moliyalashtirish uchun O‘zRMBdan olingan, taqdim etilgan sanadan boshlab 1 yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kredit summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qoplangan kredit summalari hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22024 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalardan, shu jumladan mikrokredit tashkilotlari, lombard va lizing kompaniyalaridan olingan kredit (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |