1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar


Download 1.01 Mb.
bet171/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

22005 Budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga budjetdan tashqari fondlardan olingan kredit (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22006 Boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga boshqa banklardan olingan kredit (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22010 Hukumatga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga O‘zbekiston Respublikasi hukumatidan, uning vakolatli va ijroiya organlaridan olingan kredit (mohiyagi bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22012 Aholining kam ta’minlangan qatlamlariga berilgan kreditlarni moliyalashtirish uchun O‘zRMBga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: aholining kam ta’minlangan qatlamlariga berilgan kreditlarni moliyalashtirish uchun O‘zR MBdan olingan, taqdim etilgan sanadan boshlab 1 yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kredit summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qoplangan kredit summalari hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling