30909 Pul oqimlarini xedjirlash natijasida hosil bo‘lgan foyda yoki zarar
Hisobvaraqning ta’rifi: pul oqimlarini xedjirlash uchun mo‘ljallangan hosilaviy instrumentlar (masalan: qat’iy majburiyatlarni xedjirlaydigan xorijiy valyutadagi so‘ndirilmagan kontraktlar)ni qayta baholash natijasida vujudga keladigan foyda yoki zararlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida xedjirlash samara beradigan darajagacha pul oqimlarini xedjirlash uchun mo‘ljallangan hosilaviy instrumentlar bo‘yicha o‘zlashtirilmagan foyda summasi aks ettiriladi. Ushbu hisobvaraqning krediti bo‘yicha, qat’iy majburiyat yoki rejalashtirilgan operatsiya aktiv yoki majburiyat sifatida aks ettiriladigan holatlarda (ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bundan mustasno) oldingi debet qoldig‘i ham hisobdan chiqariladi.
Hisobvaraqning debetida xedjirlash samara beradigan darajagacha pul oqimlarini xedjirlash uchun mo‘ljallangan hosilaviy instrumentlar bo‘yicha o‘zlashtirilmagan zarar summasi aks ettiriladi. Ushbu hisobvaraqning debeti bo‘yicha, qat’iy majburiyat yoki rejalashtirilgan operatsiya aktiv yoki majburiyat sifatida aks ettiriladigan holatlarda (ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bundan mustasno) oldingi kredit qoldig‘i ham hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kontrakt bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30910 Respublika korxonalariga berilgan investitsion kreditlardan olingan foyda hisobidan xususiy kapitalni oshirishga mo‘ljallangan zaxira fondi
Hisobvaraqning ta’rifi: respublika korxonalariga 3 yildan ortiq muddatga berilgan investitsiya kreditlaridan olingan, banklarni daromad solig‘idan ozod qilinishi munosabati bilan bankning xususiy kapitalini oshirishga yo‘naltirilgan mablag‘lari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning xususiy kapitalini oshirishga mo‘ljallangan zaxira fondiga mablag‘larning kelib tushishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning xususiy kapitalini oshirishga mo‘ljallangan zaxira fondidan mablag‘larning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |