1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Qo‘shilgan kapital — Oddiy


Download 1.01 Mb.
bet218/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

30606 Qo‘shilgan kapital — Oddiy
Hisobvaraqning ta’rifi: birlamchi joylashtirishda aksiyalarning nominal qiymatidan oshuvchi narx bo‘yicha oddiy xususiy aksiyalar realizatsiyasidan olingan emissiya daromadining hisobi, shuningdek bankning oddiy xususiy aksiyalarini sotib olish narxi bilan ularni keyinchalik qayta sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farqning hisobi.
Hisobvaraqning kreditida birlamchi joylashtirishda aksiyalarning realizatsiya qiymati bilan ular nominal qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq, bankning oddiy xususiy aksiyalarini sotib olish narxi bilan ularni keyinchalik qayta sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank ustav kapitalini oshirishga va Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda boshqa maqsadlarga yo‘naltirilgan mablag‘lar summasi, shuningdek oddiy xususiy aksiyalarni sotib olish narxi bilan ularni keyinchalik qayta sotish narxi (ko‘rsatilgan hisobvaraqning kredit qoldig‘i chegarasida) o‘rtasidagi salbiy farq aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir emissiya bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30900 Zaxira kapitali
30903 Umumiy zaxira fondi
Hisobvaraqning ta’rifi: o‘rnatilgan tartibga muvofiq umumiy maqsadlar uchun bankning taqsimlanmagan foydasi hisobidan ajratilgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida umumiy zaxira fondiga o‘tkazilgan mablag‘larning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida umumiy zaxira fondidan ma’lum maqsadlar uchun hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir maqsad uchun alohida shaxsiy hisobvaraqlar yuritiladi.
30904 Kichik biznes korxonalarini imtiyozli kreditlash zaxira fondi
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning taqsimlanmagan foydasidan kichik korxonalarni kreditlashga ajratilgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida imtiyozli kreditlash zaxira fondiga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida imtiyozli kreditlash zaxira fondidan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling