29848 Ijtimoiy nafaqalar to‘lovlari bo‘yicha jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblar.
Hisobvaraqning ta’rifi: DT “Xalq banki” filiallari tomonidan jismoniy shaxslarga nafaqalar (bola 2 yoshga to‘lgungacha parvarish qilish bo‘yicha har oylik nafaqa, voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan oilalarga har oylik nafaqa va kam ta’minlangan oilalarga har oylik moddiy yordam) to‘lanishining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida 22630 balans hisobvarag‘idan kelib tushgan summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida maqsadli berilgan to‘lovlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob ijtimoiy nafaqalar to‘lovlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29849 Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘linmalari tomonidan moliyalashtiriladigan, pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar uchun boshqa banklardan olingan naqd pul bilan beriladigan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘linmalari tomonidan moliyalashtiriladigan, pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar uchun boshqa banklardan olingan naqd pul bilan beriladigan mablag‘larning hisobi.
Hisobvaraqning krediti bo‘yicha naqd pul bilan beriladigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun boshqa banklardan kelib tushgan summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debeti bo‘yicha naqd pul bilan beriladigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarning haqiqatda to‘langan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lov turlari bo‘yicha alohida yuritiladi.
29883 “Uz-to`lov” to‘lov tizimidagi to‘lanadigan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: “Uz-to`lov” to‘lov tizimidagi xizmatlar yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan mablag‘lar hisobini yuritish.
Hisobvaraqning kreditida “Uz-to`lov” to‘lov tizimidagi bank majburiyatlari bo‘yicha qabul qilingan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida “Uz-to`lov” to‘lov tizimidagi bank majburiyatlari bo‘yicha xizmatlar yetkazib beruvchilarga o‘tkazilgan mablag‘lar hamda boshqa banklarga va tashqi operatorlarga o‘tkazilgan daromadlarning qismi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kassir-operator bo‘yicha har bir boshqa bank va har bir tashqi operator, shuningdek har bir xizmatlar yetkazib beruvchilarga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |