29826 Aksiyalar uchun obuna mablag‘ini to‘lash — Xususiy kapitalni investitsiya qilish
Hisobvaraqning ta’rifi: investitsiya qilingan korxonalarning aksiyalariga obuna badallarini to‘lanmagan qismi hisobga olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida obuna badallarining to‘lanmagan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida obuna badallarining to‘langan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob investitsiya qilingan korxonalar bo‘yicha, shuningdek aksiyalar turi va tipi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29830 Aksiyalar uchun obuna mablag‘ini to‘lash bo‘yicha depozitlar
Hisobvaraqning ta’rifi: aksiyadorlarning bank ustav kapitalini oshirish maqsadida aksiyalarga obuna mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank aksiyadorlarining yangi chiqarilgan aksiyalarga obuna bo‘lish mablag‘lari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida aksiyadorlarga aksiyalar sertifikatini berishdagi summalar hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir aksiyador bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29834 Jismoniy shaxslarning pul o‘tkazmalari bo‘yicha majburiyatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha o‘tkazish uchun jismoniy shaxslardan qabul qilingan va to‘lash uchun kelib tushgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha jo‘natilgan/to‘langan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob pul o‘tkazmalari va operatsiyalarning turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29840 Moliya vazirligiga o‘tkaziladigan talab qilib olinmagan depozitlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 10 yil davomida talab qilib olinmagan depozitlar va kreditlarning ular bo‘yicha hisoblangan foizlarini ham hisobga olgan holda hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida talab qilib olinmagan depozitlar va kreditlarning ular bo‘yicha hisoblangan foizlarini ham hisobga olgan holdagi summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjet daromadiga o‘tkazilgan yoki o‘rnatilgan qoidalarga muvofiq boshqalarga to‘langan summalar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |