1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


To‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Xodimlar bilan hisob-kitoblar


Download 1.01 Mb.
bet209/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

29803 To‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Xodimlar bilan hisob-kitoblar
Hisobvaraqning ta’rifi: ish haqi, pensiya, aliment, bolalar yordam puli, moddiy yordam, band qilingan ish haqi, boshqa mukofotlar yoki badallar berish uchun hisoblangan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob hisoblar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29804 Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklarda xizmat ko‘rsatilayotgan mijozlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan, inkassatsiya xizmati orqali keltirilgan inkasso qilingan pul tushumlari va cheklarining summasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida 19903 — “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar” hisobvarag‘idan qayta hisoblanguncha oldindan o‘tkazilgan, boshqa banklarda xizmat ko‘rsatilayotgan mijozlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan inkasso qilingan pul tushumlari va cheklarning summasi, shuningdek inkasso qilingan pul tushumlari va cheklarning qayta hisoblangandan keyin aniqlangan ortiqcha summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning vakillik hisobvarag‘idan o‘tkazilgan, boshqa banklarda xizmat ko‘rsatilayotgan mijozlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan inkasso qilingan pul tushumlari va cheklarning summasi, shuningdek 19903 — “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgandan keyin qayta hisoblash natijasida aniqlangan kamomadlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob boshqa bank mijozlarining har biri bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29805 To‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Ijara to‘lovi (operatsion ijara)
Hisobvaraqning ta’rifi: operatsion ijara bo‘yicha hisoblangan majburiyat hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida operatsion ijara bo‘yicha to‘lash uchun hisoblangan (xarajat) summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida operatsion ijara bo‘yicha to‘lash uchun hisoblangan summaning to‘langan yoki hisobdan chiqarilgan summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir ijara beruvchi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling