1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Download 1.01 Mb.
bet206/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

23608 Chiqarilgan veksellar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan veksellar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan chiqarilgan veksellarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan chiqarilgan veksellarni ularni so‘ndirishda yoki to‘lov muddati kelgunga qadar egalaridan sotib olishdagi nominal qiymati hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob veksellarning muddati va chiqarilishi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23610 Chiqarilgan boshqa qimmatli qog‘ozlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigay bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni ularni so‘ndirishda yokn to‘lov muddati kelgunga qadar egalaridan sotib olishdagi nominal qiymati hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning muddati va chiqarilishi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23696 Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati bilan sotilgan narxi o‘rtasidagi ijobiy farq — mukofot (agar, mavjud bo‘lsa, sotilgan vaqtida olingan foizlar summasidan tashqari) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida qimmatli qog‘ozlarning ularni nominal qiymatidan yuqori bahoda sotgandagi mukofot summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning qimmatli qog‘ozlarini to‘lashda va/yoki ularni keyinchalik qayta sotish maqsadida sotib olinganda, shuningdek amortizatsiyasi vaqtidagi mukofot summalari hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi, muddati va chiqarilishi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling