1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Nobudjet tashkilotlar va korxonalarning viloyat budjetidan ajratilgan mablag‘lari


Download 1.01 Mb.
bet202/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

23431 Nobudjet tashkilotlar va korxonalarning viloyat budjetidan ajratilgan mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: Davlat dasturi bo‘yicha viloyat budjetidan nobudjet tashkilotlar va korxonalarga ajratilgan mablag‘lar, shuningdek subsidiya va transfertlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida viloyat budjetidan kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23432 Mahalliy budjet mablag‘lari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Hisobvaraqning ta’rifi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining daromadlari, hamda davlat budjeti qaromog‘idagi hokimiyatlar, muassasalar va tashkilotlarni ta’minlashga mo‘ljallangan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mablag‘lar kelib tushishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjet muassasalari va tashkilotlari uchun xarajatlar smetasiga muvofiq hisobdan chiqarilgan mablag‘lar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga noto‘g‘ri o‘tkazilgan mablag‘larning qaytarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir budjet muassasasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23433 Nobudjet tashkilotlar va korxonalarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan ajratilgan mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: Davlat dasturi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan nobudjet tashkilotlar va korxonalarga ajratilgan mablag‘lar, shuningdek subsidiya va transfertlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida Qoraqalpog‘iston Rsspublikasi budjetidan kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
23442 — O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun markazlashtirilgan manbalar hisobidan ajratilgan avans mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan qurilish obyektlarini moliyalashtirish uchun markazlashtirilgan manbalar hisobidan qurilish tashkilotlari (bosh pudratchi va subpudratchi) va ularga mol yetkazib beruvchilarga ajratilgan avans mablag‘larning hisobi olib boriladi.
(III-bo‘lim 23442-hisobvaraq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling