1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlar, ma’muriy va moliyaviy sanksiyalarni to‘lash bo‘yicha mablag‘lar


Download 1.01 Mb.
bet200/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

23411 Davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlar, ma’muriy va moliyaviy sanksiyalarni to‘lash bo‘yicha mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: qonun hujjatlarida nazarda tutilgan davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlar, ma’muriy va moliyaviy sanksiyalarni to‘lashdan davlat budjeti hamda vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlar, ma’muriy va moliyaviy sanksiyalar bo‘yicha to‘langan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ajratmalarning miqdorlariga muvofiq davlat budjeti hamda vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga o‘tkazilgan, davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlar, ma’muriy va moliyaviy sanksiyalar bo‘yicha to‘langan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23416 Maxsus maqsadlar fondn
Hisobvaraqning ta’rifi: hukumat tomonidan respublika budjeti mablag‘lari hisobidan tashkil etilgan maxsus maqsadlar fondi mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida maxsus maqsadlar fondiga mablag‘larning kelib tushishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hukumat topshirig‘i bo‘yicha maxsus maqsadlar uchun mablag‘larning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir maqsad bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23422 Kapital qo‘yilmalarni respublika budjetidan moliyalashtirish
Hisobvaraqning ta’rifi: kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun respublika budjetidan olingan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun restublika budjetidan kelib tushadigan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida kapital qo‘ymalarni moliyalashtirishga qilingan sarf-xarajatlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir moliyalashtirish obyekti bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling