1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Moliya vazirligi G‘aznachiligi mablag‘lari


Download 1.01 Mb.
bet196/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

23212 Moliya vazirligi G‘aznachiligi mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: budjetdan mablag‘ oluvchilarning naqd puldagi to‘lovlari uchun Moliya vazirligi G‘aznachiligidan ajratilgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida budjetdan mablag‘ oluvchilarning naqd puldagi to‘lovlari uchun Moliya vazirligi G‘aznachiligidan kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjetdan mablag‘ oluvchilarning to‘lovlari uchun naqd pulda berilgan mablag‘larning va/yoki foydalanilmagan mablag‘larning Moliya vazirligi G‘aznachiligi hisobvarag‘iga qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir budjetdan mablag‘ oluvchi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23214 G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: budjetdan mablag‘ oluvchilarning naqd puldagi to‘lovlari uchun G‘aznachilikning hududiy bo‘linmasidan ajratilgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida budjetdan mablag‘ oluvchilarning naqd puldagi to‘lovlari uchun G‘aznachilikning hududiy bo‘linmasidan kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjetdan mablag‘ oluvchilarning to‘lovlari uchui naqd pulda berilgan mablag‘larning va/yoki foydalanilmagan mablag‘larning G‘aznachilikning hududiy bo‘linmasi hisobvarag‘iga qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir budjetdan mablag‘ oluvchi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
23216 Moliya vazirligi huzuridagi Fond mablag‘lari
(III-bo‘lim 23216-hisobvaraq nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Hisobvaraqning ta’rifi: Fondning qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnika bilan ta’minlash va sotib olingan qishloq xo‘jaligi texnikasi bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarishni moliyalashtirish va sotish uchun hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
23218 Moliya vazirligi huzuridagi Fonddan ajratilgan maqsadli mablag‘lar
(III-bo‘lim 23218-hisobvaraq nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobvaraqning ta’rifi: Moliya vazirligi huzuridagi Fonddan “O‘zagroservis” AJ korxonalari bilan hisob-kitob qilish uchun qishloq xo‘jaligi korxonalariga kelib tushgan mablag‘larning hisobi.
(III-bo‘lim 23218-hisobvarag‘ining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobvaraqning kreditida Moliya vazirligi huzuridagi Fonddan kelib tushgan mablag‘larning summalari aks ettiriladi.
(III-bo‘lim 23218-hisobvarag‘ining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Hisobvaraqning debetida belgilangan tartibda hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
23220 Moliya vazirligi huzuridagi Fonddan olingan maqsadli mablag‘lar
(III-bo‘lim 23220-hisobvaraq nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat buyurtmasi hisobiga kontraktatsiya shartnomalari asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun bo‘nak to‘lovlari va yakuniy hisob-kitoblar (ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, o‘rnatilgan tartibda xarajatlarga o‘rnatilgan normativlar asosida boshqa tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar)ni amalga oshirish uchun Moliya vazirligi huzuridagi Fonddan kelib tushgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
(III-bo‘lim 23220-hisobvarag‘ining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan avans to‘lovlarining summasi, shuningdek yetkazib berilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida o‘rnatilgan tartibda hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob mahsulotlar turi (paxta xomashyosi, g‘alla va guruch-sholi) bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
23222 Moliya vazirligi huzuridagi Fondning maqsadli mablag‘lari
(III-bo‘lim 23222-hisobvaraq nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobvaraqning ta’rifi: Moliya vazirligi huzuridagi Fonddan “O‘zkimyosanoat” AJ korxonalari bilan hisob-kitob qilish uchun qishloq xo‘jaligi korxonalariga kelib tushgan mablag‘larning hisobi.
(III-bo‘lim 23222-hisobvarag‘ining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Hisobvaraqning debetida belgilangan tartibda hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling