23200 Kliring transaksiyalari
23202 Kliring transaksiyalari
Hisobvaraqning ta’rifi: Hukumat va uning mahalliy organlari qarorlariga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zaro debitorlik va kreditorlik qarzlarini Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar yoki tijorat banklari kreditlari yoxud faktoring operatsiyalari hisobiga qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan o‘zaro hisoblashishlarning maqsadli sxemalari orqali qisqartirish bilan bog‘liq operatsiyalarining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zaro debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar yoki tijorat banklari kreditlari yoxud faktoring operatsiyalari hisobiga maqsadli sxemalari orqali kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida maqsadli sxemalari bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarda qatnashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisobvarag‘iga o‘tkazilgan mablag‘lar va/yoki Markaziy bankning ko‘rsatmasi bo‘yicha ushbu hisob-kitobda foydalanilmagan mablag‘lar qismining tegishli hisobvaraqqa o‘tkazilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qatnashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23204 Bir martalik o‘zaro hisob-kitoblar uchun budjet mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: budjet muassasalari, korxona va tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro bir martalik hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun Davlat budjetidan va Moliya vazirligi Fondidan ajratilgan maqsadli mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida Davlat budjetidan va Moliya vazirligi Fondidan ajratilgan mablag‘lar hamda o‘zaro hisob-kitoblarda ishtirok etuvchilardan kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida o‘zaro hisob-kitoblarda ishtirok etuvchilarning 23204-hisobvarag‘iga o‘tkazilgan mablag‘lar va/yoki o‘zaro hisob-kitobda fondalanilmagan mablag‘lar qismini Moliya vazirligi Fondi tomonidan ajratilgan hisobvaraqqa qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir ishtirokchi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |