23224 Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi o‘zaro bir martalik hisob-kitoblar uchun budjet mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida o‘zaro bir martalik hisib-kitoblarni amalga oshirish uchun Davlat budjetidan ajratilgan maqsadli mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hamda o‘zaro hisob-kitoblarda ishtirok etuvchilardan kelib tushuvchi mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida o‘zaro hisob-kitoblarda ishtirok etuvchilar hisobvarag‘iga o‘tkazilgan mablag‘lar va/yoki Moliya vazirligining ko‘rsatmasi bo‘yicha mos hisobvaraqqa yopiladigan o‘zaro hisob-kitobning foydalanilmagan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir ishtirokchi bo‘yicha unikal kod(xos raqam)larini ko‘rsatgan holda alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Izoh: Boshqa hisobvaraqlarning 23224-hisobvaraq bilan korrespondensiyalanishi qat’iyan man qilinadi.
23226 Respublika budjetining eksportchi-korxonalar bilan bo‘ladigan maqsadli hisob-kitoblar uchun mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: Respublika budjetidan eksport qilingan tovarlarning tannarxi bilan ularning markazlashtirilmagan eksport bo‘yicha sotilgan narxi o‘rtasidagi farqni qoplash bo‘yicha maqsadli moliyalashtirish qatnashchilariga ajratilgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida maqsadli moliyalashtirish qatnashchilariga kelib tushgan budjet mablag‘lari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida maqsadli moliyalashtirish ishtirokchilarining hisobvaraqlariga o‘tkazilgan mablag‘lar, shuningdek hisobvaraq bo‘yicha qoldiqning Moliya Vazirligining mos hisobvarag‘iga yopilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir ishtirokchi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23228 Respublika budjetining pudratchi tashkilotlar bilan bo‘ladigan maqsadli hisob-kitoblar uchun mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zuyjoyjamg‘armabank filiallari bilan tuzilgan shartnomaga asosan uy-joy binolarini qurayotgan pudratchi tashkilotlarining qo‘shilgan qiymat soliq(QQS)lari bo‘yicha yuzaga kelgan salbiy farqni qoplash uchun qilingan xarajatlarga doir maqsadli to‘lovlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida QQS bo‘yicha pudratchi tashkilotlarga budjetdan kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida soliqlar turi bo‘yicha budjetga bo‘lgan to‘lovlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob pudratchi tashkilotlar va budjet muassasalari bo‘yicha daromadning shartli raqamini ko‘rsatgan holda alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |