1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Aniqlanish jarayonidagi transaksiyalar


Download 1.01 Mb.
bet195/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

23206 Aniqlanish jarayonidagi transaksiyalar
Hisobvaraqning ta’rifi: ayrim sabablarga (rekvizitlari noto‘g‘ri ko‘rsatilganda mijozga bu bankda boshqa xizmat ko‘rsatilmaganda, qo‘shimcha nazorat talab qiladigan operatsiyalar va shu kabi boshqa hollarda) ko‘ra mablag‘lar belgilangan maqsadi bo‘yicha o‘tkazishi mumkin bo‘lmagan transaksiyalar hisobga olinadi. Aniqlanish jarayonidagi hisobvaraqda mablag‘lar maqsadi bo‘yicha o‘tkazilishi yoki to‘lovchiga qaytarilishi lozim bo‘lgan o‘rnatilgan muddat davomidagina qoldirilishi mumkin.
Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan vaqtida belgilangan maqsadi bo‘yicha o‘tkazish mumkin bo‘lmagan summalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida belgilangan maqsadi bo‘yicha o‘tkazilgan yoki to‘lovchiga qaytarilgan summalar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir to‘lovchi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
23208 Moliya vazirligi huzuridagi Fondlar bilan bo‘ladigan kliring transaksiyalari
(III-bo‘lim 23208-hisobvaraq nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat buyurtmalari hisobiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari realizatsiya qilinishidan ichki iste’molchilarga va eksport uchun “O‘zpaxtaeksport” AJga kelib tushgun mablag‘larning hisobi.
Oldingi tahrirga qarang.
23210 Moliya vazirligi huzuridagi Fondlardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun ajratilgan maqsadli mablag‘lar
(III-bo‘lim 23210-hisobvaraq nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat buyurtmasi hisobiga kontraktatsiya shartnomalari asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun bo‘nak to‘lovlari va yakuniy hisob-kitoblar (ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, o‘rnatilgan tartibda xarajatlarga o‘rnatilgan normativlar asosida boshqa tovar-moddiy qimmatlikla va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar)ni amalga oshirish uchun Moliya vazirligi huzuridagi Fondlardan kelib tushgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
(III-bo‘lim 23210-hisobvarag‘ining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan avans to‘lovlarining summasi, shuningdek yetkazib berilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida o‘rnatilgan tartibda hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob mahsulotlar turi (paxta xomashyosi, g‘alla va guruch-sholi) bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling