23500 Mijozlarning plastik kartalaridan kelib tushgan tushum
23502 Infokioskalar orqali plastik kartalardan kelib tushgan tushum
Hisobvaraqning ta’rifi: qonun hujjatlarida belgilangan to‘lovlar bo‘yicha infokioskalar orqali plastik kartalardan foydalangan holda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun infokioskalar orqali plastik kartalardan kelib tushgan tushum summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilgan, infokioskalar orqali kelib tushgan tushum summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir infokioska bo‘yicha ochilgan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23504 Plastik kartalardan berilgan naqd pullar bo‘yicha jismoniy shaxslarning plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga o‘tkazilgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pullar, aholining plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida aholining plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga o‘tkazilishi, jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan naqd pullar berish uchun lozim bo‘lgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pullar, aholining plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga o‘tkazilgan summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23506 Kommunal to‘lovlar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan plastik kartalardan kelib tushgan tushum
Hisobvaraqning ta’rifi: kommunal to‘lovlar bo‘yicha plastik kartalardan foydalangan holda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun plastik kartalardan kelib tushgan tushum summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilgan tushum summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |