1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Mijozlarning hisobvaraqlariga kirim qilinishi lozim bo‘lgan terminallar orqali tushgan tushumlar


Download 1.01 Mb.
bet211/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

29814 Mijozlarning hisobvaraqlariga kirim qilinishi lozim bo‘lgan terminallar orqali tushgan tushumlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan, plastik kartochkalardan to‘langan, terminallar orqali tushgan tushumlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mijozlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan, plastik kartochkalardan to‘langan, terminallar orqali kelib tushgan tushumlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida terminallar orqali tushgan tushumlarning mijozlar hisobvaraqlariga o‘tkazilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29816 Naqd pullarni qayta hisoblashda aniqlangan ortiqchalar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning hisobdor kassirlaridagi naqd pullarni qayta sanashda aniqlangan ortiqcha naqd pullarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ortiqcha naqd pullar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ortiqcha naqd pullar paydo bo‘lishining haqiqiy sabablari aniqlangandan keyin hisobdan chiqarilgan summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29822 To‘lanishi lozim bo‘lgan dividendlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan e’lon qilingan, lekin hali to‘lanmagan dividendlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning krediti to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan dividendlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan to‘langan dividendlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob aksiyalarning turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29824 Naqd pul mablag‘lari bo‘yicha jismoniy shaxslarning maqsadli hisob-kitoblari
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarning qabul qilingan naqd pul mablag‘lari hisobiga O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga bir martalik maqsadli to‘lovlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida maqsadli to‘lovlarni amalga oshirish uchun jismoniy shaxslardan qabul qilingan naqd pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida o‘tkazilgan maqsadli to‘lovlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob o‘tkazmalarning maqsadlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling