23424 Kapital qo‘yilmalarni mahalliy budjetlardan moliyalashtirish
Hisobvaraqning ta’rifi: kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun mahalliy budjetlardan olingan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun mahalliy budjetlardan kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirishga qilingan sarf-xarajatlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir moliyalashtirish obyekti bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23426 Mahalliy budjet mablag‘lari — Tuman/shahar
Hisobvaraqning ta’rifi: tuman/shahar budjetlarining daromadlari hamda davlat budjeti qaromog‘idagi hokimiyatlar, muassasalar va tashkilotlarni ta’minlash uchun mo‘ljallangan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mablag‘lar kelib tushishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjet muassasalari va tashkilotlari uchun xarajatlar smetasiga muvofiq hisobdan chiqarilgan mablag‘lar, shuningdek tuman/shahar budjetlariga noto‘g‘ri o‘tkazilgan mablag‘larning qaytarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir budjet muassasasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23427 Nobudjet tashkilotlar va korxonalarning tuman/shahar budjetidan ajratilgan mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: Davlat dasturi bo‘yicha tuman/shahar budjetidan nobudjet tashkilotlar va korxonalarga ajratilgan mablag‘lar, shuningdek, subsidiya va transfertlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tuman/shahar budjetidan kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23430 Mahalliy budjet mablag‘lari — Viloyat
Hisobvaraqning ta’rifi: viloyat budjetining daromadlari, shuningdek davlat budjeti qaramog‘idagi hokimiyatlar, muassasalar va tashkilotlarni ta’minlashga mo‘ljallangan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mablag‘lar kelib tushishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjet muassasalari va tashkilotlari uchun xarajatlar smetasiga muvofiq hisobdan chiqarilgan mablag‘lar, shuningdek viloyat budjetiga noto‘g‘ri o‘tkazilgan mablag‘larning qaytarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir budjet muassasasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |