51611 O‘zRMBning depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyatiga ko‘ra bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zRMBning hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar, shuningdek O‘zRMBdagi vakillik hisobvarag‘i — Nostro, overdraft hisobvaraqda vujudga kelgan overdraft bilan bog‘liq bo‘lgan foizli xarajatlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek O‘zRMBga to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206-“Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
52100 Boshqa banklarning hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar
52101 Boshqa banklarning vakillik hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar — Vostro
52106 Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar — Nostro, overdraft
52111 Boshqa banklarning depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyatiga ko‘ra bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklarning ushbu bankda ochgan hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar, shuningdek bankning boshqa bankdagi vakillik hisobvarag‘ida vujudga keladigan overdraft — Nostro, overdraft bilan bog‘liq bo‘lgan foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206-“Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv) hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |