51105 Budjetdan tashqari fondlarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51106 Jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51107 Respublika yo‘l jamg‘armasining muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51108 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shprkatlari va jamiyatlarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51111 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51114 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51116 Nodavlat notijorat tashkilotlarining muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51118 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51121 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51126 Boshqa mijozlarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyatiga ko‘ra bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning mijoz oldidagi o‘z (talab qilib olinguncha saqlanadigan, jamg‘arma, muddatli) depozit majburiyatlari bo‘yicha foizli xarajatlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek bankning depozit majburiyatlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206-“Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
51600 O‘zRMBning hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51601 O‘zRMBning vakillik hisobvarag‘i bo‘yicha foizli xarajatlar — Vostro
51606 O‘zRMBdagi vakillik hisobvarag‘i bo‘yicha foizli xarajatlar — Nostro, overdraft
Do'stlaringiz bilan baham: |