45800 Investitsiyalardan olingan foyda va dividendlar
Ushbu hisobvaraqlar savdoga mo‘ljallangan va so‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar uchun qo‘llaniladi.
45803 Savdoga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarni sotish yoki dispozitsiya — qilishdan olingan foyda
45805 So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning savdoga mo‘ljallangan va so‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qog‘ozlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida investitsiyalardan olingan foyda summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromad va foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
45809 Investitsiya qilingan xususiy kapital bo‘yicha olingan dividendlar
Hisobvaraqning ta’rifi: investitsiya qilingan xususiy kapital bo‘yicha hisoblangan dividendlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida investitsiyalardan hisoblangan dividendlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan dividendlar qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
45900 Boshqa foizsiz daromadlar
45901 Bank asosiy vositalarining ijarasi bo‘yicha daromadlar
45905 Bankning ko‘chmas mulkka qilingan investitsmyalari bo‘yicha daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning asosiy vositalar obyektini ijaraga berishdan va ko‘chmas mulkka qilingan investitsiyadan daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning asosiy vositalar obyektini ijaraga berishdan va ko‘chmas mulkka qilingan investitsiyadan ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan yoki hisoblangan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |