1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Vositachilik xarajatlari va xizmatlar uchun xarajatlar — Akkreditivlar va akseptlar


Download 1.01 Mb.
bet255/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

55126 Vositachilik xarajatlari va xizmatlar uchun xarajatlar — Akkreditivlar va akseptlar
Hisobvaraqning ta’rifi: akkreditiv ochish va akseptlar berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bankning xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida akkreditivlar va akseptlar bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bank tomonidan to‘langan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55130 Overdraft bo‘yicha xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklar tomonidan taqdim etilgan overdraft bilan bog‘liq xizmatlar uchun qilingan xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida overdraft bo‘yicha xizmatlar uchun bank tomonidan to‘langan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55134 Kreditlar bo‘yicha vositachilik xarajatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankka taqdim etilgan kreditlar (mohiyati bo‘yicha kreditlar deb ataladigan moliyaviy lizing va boshqa operatsiyalar) uchun rasmiylashtirish va ko‘rsatilgan xizmatlarini hisobga olgan holda bankning vositachilik xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida taqdim etilgan kreditlar bo‘yicha bank tomonidan qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55138 Kredit majburiyatlari bo‘yicha xarajatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning boshqa banklarda kredit liniyalarini zaxiralagani uchun qilgan xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning boshqa banklarda kredit liniyalarini zaxiralagani uchun to‘langan xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkazishdagi summa aks ettiriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling