1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Inkasso operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha va vositachilik xarajatlari


Download 1.01 Mb.
bet257/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

55158 Inkasso operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha va vositachilik xarajatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning inkasso operatsiyalari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qilgan xarajatlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning inkasso operatsiyalari bo‘yicha qilgan xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55162 Kafolat va kafillik operatsiyalari bo‘yicha va vositachilik xarajatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning taqdim etilgan kafolat va kafilliklari uchun qilgan xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning kafolat va kafillik operatsiyalarini amalga oshirishda qilgan xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55195 Boshqa vositachilik va xizmat xarajatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan xizmatlar va vositachilik xarajatlarining hisobi olib boriladi (inkassatsiya, ABM elektron pochtasi xizmatlari va b.)
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55300 Xorijiy valyutalarda ko‘rilgan zararlar
55302 “Spot” bitimlari bo‘yicha xorijiy valyutalarda ko‘rilgan zararlar
55306 Hosilaviy instrumentlar bilan tuzilgan bitimlar bo‘yicha xorijiy valyutalarda ko‘rilgan zararlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyata bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning Spot/Forvard/Opsion/Fyuchers bitimlari bo‘yicha ko‘rilgan zararlarining hisobi olib boriladi. Zararlar o‘rnatilgan muddatda balans hisobotini tuzish sanasiga hisobvaraqlar qoldig‘ini qayta baholagandan keyin aniqlanadi.
Hisobvaraqning debetida xorijiy valyutada tuzilgan bitimlar natijasida ko‘rilgan zararlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ijobiy qayta baholash natijasida zararlarning kamayish summasi, noto‘g‘ri hisoblangan zararlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling