1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Download 1.01 Mb.
bet253/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

54902 Boshqa foizli xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek boshqa majburiyatlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
54904 Bosh bank/filialdan olingan resurslar bo‘yicha foizli xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bosh bank/filialdan olingan resurslar bo‘yicha foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida Bosh bank/filialdan olingan resurslar bo‘yicha to‘lash uchun hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek fiskal yil oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga yopiladigan summa aks ettiriladi.
55100 Foizsiz xarajatlar
55102 O‘zRMBga to‘lanadigan xizmat va vositachilik xarajatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zRMB tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bank xarajatlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida O‘zRMB ko‘rsatgan xizmatlari uchun sarf qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55106 Boshqa banklarga to‘lanadigan xizmat va vositachilik xarajatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bankning xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun sarf qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling