1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Soliqlar (foyda solig‘idan tashqari) va litsenziyalar


Download 1.01 Mb.
bet267/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

56714 Soliqlar (foyda solig‘idan tashqari) va litsenziyalar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning soliqlar hamda mulk solig‘i, Pensiya va Respublika yo‘l fondiga ajratmalar kabi majburiy to‘lovlar va boshqa soliqlarga (foyda solig‘idan tashqari) xarajatlari, shuningdek bankning lizenziya olish bo‘yicha xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan soliqlar va litsenziyalar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek fiskal yil oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga yopiladigan summa aks ettiriladi.
56718 Jarima va penyalar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning amaldagi qonunchilikka va qoidalarga asosan o‘ziga solingan penya va jarimalar uchun qilgan xarajatlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan jarima va penyalarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan jarima va penyalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56722 Sud jarayoni/aktivlarni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning sud jarayoni bilan bog‘liq xarajatlari, shuningdek bankning xususiylikni o‘z nomiga o‘zlashtirshp bo‘yicha xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sud jarayoni, shuningdek aktivlarni sotib olish uchun qilgan xarajatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqda o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56795 Boshqa operatsion xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan turkumlarga mos tushmaydigan xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida yuqorida ta’riflangan turkumlarga mos tushmaydigan to‘langan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling