90143 Ekspertizaga qabul qilingai yo‘ldagi banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar
Hisobvaraqning ta’rifi: Markaziy bankning bosh ofisi/bosh hududiy boshqarmalariga jo‘natilgan, ekspertizaga qabul qilingan yo‘ldagi banknotlar, tangalar va boshqa boyliklarning hisobi olib boriladi. Ekspertizaga qabul qilingan yo‘ldagi banknotlar va tangalar nominal bo‘yicha, boshqa boyliklar esa “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96303 — “Banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar harakati bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida Markaziy bankning bosh ofisi/bosh hududiy boshqarmalariga jo‘natilgan, ekspertizaga qabul qilingan yo‘ldagi banknotlar, tangalar va boshqa boyliklarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Markaziy bankning bosh ofisi/bosh hududiy boshqarmalari tomonidan ekspertizaga qabul qilingan, ekspertizaga qabul qilish tasdiqlanganidan so‘ng hisobdan chiqarilgan banknotlar, tangalar va boshqa boyliklarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90145 To‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar
Hisobvaraqiing ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki me’yoriy hujjatlariga muvofiq bank kassirlari tomonidan to‘lovga yaroqsiz deb topilgan banknot va tangalarning hisobi olib boriladi. To‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisoblanadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96303 — “Banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar harakati bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvarakning debetida bank kassirlari tomonidan to‘lovga yaroqsiz deb topilgan banknot va tangalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga jo‘natilgan to‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
90147 Yo‘ldagi to‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar
Hisobvaraqning tarifi: Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga yo‘q qilish uchun jo‘natilgan, yo‘ldagi to‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar aks ettiriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96303 — “Banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar harakati bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga yo‘q qilish uchun jo‘natilgan, yo‘ldagi to‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi tomonidan qabul qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlarga asosan to‘lovga yaroqsiz banknot va tangalarning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |