90937 Revolver akkreditivlar — Xorijiy
Hisobvaraqning ta’rifi: revolver akkreditivlarning hisobi olib boriladi. (Revolver akkreditiv — emitent-bank tomonidan akkreditivni foydalangandan keyin boshlang‘ich summasigacha qayta tiklash majburiyati) Tartibga muvofiq revolver akkreditivlar bir yilga va bir yildan yuqori bo‘lgan muddatga ochiladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96309 — “Import bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi hamda qayta tiklangan akkreditivning foydalangan qismining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida akkreditiv bo‘yicha to‘lovlar summasi, shuningdek foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90944 Zaxira akkreditivlar — Xorijiy
Hisobvaraqning ta’rifi: xorijiy benefitsiarlar foydasiga ochilgan, tovarlarning harakati bilan bog‘liq bo‘lmagan, akkreditivlarning hisobi olib boriladi. Akkreditiv (tadbirkorlik) operatsiyalarning bajarilishi uchun kafolat sifatida ochiladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96309 — “Import bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida akkreditiv bo‘yicha to‘lovlar summasi, shuningdek foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90951 Zaxira akkreditivlar — Mahalliy
Hisobvaraqning ta’rifi: mahalliy benefitsiarlar foydasiga ochilgan, tovarlarning harakati bilan bog‘liq bo‘lmagan akkreditivlarning hisobi olib boriladi. Akkreditiv (tadbirkorlik) operatsiyalarning bajarilishi uchun kafolat sifatida ochiladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96309 — “Import bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida akkreditiv bo‘yicha to‘lovlar summasi, shuningdek foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |