1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Qarzdorlarning uzoq muddatli kreditlar va lizinglar bo‘yicha majburiyatlari


Download 1.01 Mb.
bet286/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

91905 Qarzdorlarning uzoq muddatli kreditlar va lizinglar bo‘yicha majburiyatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: qarzdorlarning bank tomonidan berilgan uzoq muddatli kreditlar vayoki lizinglar bo‘yicha muddatli majburiyatlarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96349 — “Qarzdorlarning uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha majburiyatlari kontr-hisobvarag‘i” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar bo‘yicha qarzdorlardan qabul qilingan muddatli majburiyatlar summasi o‘tkaziladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘liq qoplangan majburiyatlar summasi aks ettiriladi. Qisman amalga oshirilgan to‘lovlar summasi majburiyat to‘la bajarilgunga qadar uning orqa tomoniga yozib boriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
91907 Qarzdorlarning Hukumatdan olingan uzoq muddatli kreditlar va lizinglar bo‘yicha majburiyatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: qarzdorlarning bank tomonidan berilgan Hukumatning uzoq muddatli kreditlar vayoki lizinglar bo‘yicha muddatli majburiyatlari hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96349 — “Qarzdorlarning uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha majburiyatlari kontr-hisobvarag‘i” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar vayoki lizinglar bo‘yicha qarzdorlardan qabul qilingan muddatli majburiyatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘liq qoplangan majburiyatlar summasi aks ettiriladi. Qisman amalga oshirilgan to‘lovlar summasi majburiyat to‘la bajarilgunga qadar uning orqa tomoniga yozib boriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
92700 Hosilaviy instrumentlar bo‘yicha transaksiyalar
92701 Fyuchers bitimi bo‘yicha sotish
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy instrumentni (fyuchers — bu, kelajakda yetkazib beriladigan moliyaviy instrumentni sotish yoki sotib olish bo‘yicha standart shartnomadir) sotish bo‘yicha fyuchers bitimi hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96361 — “Fyuchers bitimi bo‘yicha sotish kontr-hisobvarag‘i” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida moliyaviy instrumentni sotishga asoslangan fyuchers shartnomalarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida fyuchers shartnomalari bo‘yicha sotilgan moliyaviy instrumentning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir fyuchers shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling