92705 Fyuchers bitimi bo‘yicha sotib olish
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy instrumentni (fyuchers — bu, kelajakda yetkazib beriladigan moliyaviy instrumentni sotish yoki sotib olish bo‘yicha standart shartnomadir) sotib olish bo‘yicha fyuchers bitimi hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96363 — “Fyuchers bitimi bo‘yicha sotib olish kontr-hisobvarag‘i” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida moliyaviy instrumentni sotib olishga asoslangan fyuchers shartnomalarinnig summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida fyuchers shartnomalari bo‘yicha sotib olingan moliyaviy instrumentning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir fyuchers shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
92709 Forvard bitimi bo‘yicha sotish
Hisobvaraqning ta’rifi: kelishilgan kurs bo‘yicha moliyaviy instrumentni sotish, kelgusida kelishilgan sanada to‘lovlar va yetkazib berilishi amalga oshiriladigan forvard shartnomalarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96365 — “Forvard bitimi bo‘iicha sotish kontr-hisobvarag‘i” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida moliyaviy instrumentni sotishga asoslangan forvard shartnomalarining summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida forvard shartnomasi bo‘yicha sotilgan moliyaviy instrumentning summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir forvard shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
92716 Forvard bitimi bo‘yicha sotib olish
Hisobvaraqning ta’rifi: kelishilgan kurs bo‘yicha moliyaviy instrumentni sotib olish, kelgusida kelishilgan sanada to‘lovlar va yetkazib berilishi amalga oshiriladigan forvard shartnomalarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96367 — “Forvard bitimi bo‘yicha sotib olish kontr-hisobvarag‘i” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida moliyaviy instrumentni sotib olish bo‘yicha forvard shartnomasining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida forvard shartnomasi bo‘yicha sotib olingan moliyaviy instrumentning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir forvard shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |