1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Download 1.01 Mb.
bet282/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

90971 Eksport shartnomalari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning mijozlari bilan tuzilgan eksport shartnomalari hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96318 — “Eksport shartnomalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida eksport shartnomasining umumiy summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ushbu shartnoma bo‘yicha korxonaning hisobvarag‘iga haqiqatda kelib tushgan tushumlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir eksport shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90972 Inkassoga qabul qilingan (ichki) veksellar — Xorijiy
Hisobvaraqning ta’rifi: xorijiy vakillar (korrespondentlar)dan inkassoga qabul qilingan veksel, tratta yoki cheklarning, shuningdek boshqa hisob-kitob hujjatlarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraqda to‘lov hujjatlari to‘lovlar muddati kelgunga qadar hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96323 — “Inkassoga qabul qilingan (ichki) veksellar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida inkassoga qabul qilingan mahalliy veksellar, trattalar, cheklar, hisob-kitob hujjatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida akseptlangan, to‘langan hujjatlarning, shuningdek to‘lov to‘g‘risida rad javobi kelgan hujjatlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob mijozlar va inkassoga qabul qilingan hujjatlarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90979 Inkassoga jo‘natilgan (tashqi) veksellar — Mahalliy
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlardan inkassoga qabul qilingan va to‘lovini yoki akseptini olish uchun jo‘natilgan mahalliy veksellarning, trattalarning yoki cheklarning, shuningdek boshqa to‘lov hujjatlarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96330 — “Inkassoga jo‘natilgan (tashqi) veksellar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida inkassoga jo‘natilgan hujjatlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan to‘langan va/yoki akseptlangan hujjatlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob mijozlar va inkassoga jo‘natilgan hujjatlarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqarda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling