1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Hujjatli qimmatli qog‘ozlar blankalari va hujjatsiz qimmatli qog‘ozlar


Download 1.01 Mb.
bet271/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

90300 Hujjatli qimmatli qog‘ozlar blankalari va hujjatsiz qimmatli qog‘ozlar
90303 Davlatning qimmatli qog‘ozlari blankalari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan tarqatish (birinchi egalariga sotish) uchun olingan obligatsiyalar va davlatning boshqa qimmatli qog‘ozlarining blankalari hisobi hamda emitentlarning topshirig‘i bo‘yicha bank tomonidan to‘langan va yo‘q qilinishi lozim bo‘lgan yoki emitentlarga berib yuboriladigan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar blankalarining hisobi olib boriladi. Tarqatish (sotish) uchun olingan qimmatli qog‘ozlar blankalari nominal qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. To‘langan qimmatli qog‘ozlar blankalari “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisoblanadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96305 — “Davlatning qimmatli qog‘ozlari blankalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan sotish (tarqatish) uchun olingan, shuningdek emitentlar topshirig‘i bo‘yicha to‘langan obligatsiyalar va davlatning boshqa qimmatli qog‘ozlar blankalarining qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilgan (tarqatilgan) yoki emitentlarga qaytarilgan, shuningdek hisobdorlik tarzda berilgan obligatsiyalar va davlatning boshqa qimmatli qog‘ozlari blankalarining qiymati aks ettiriladi. Bundan tashqari ushbu hisobvaraq yo‘q qilingan yoki to‘langan qmmatli qog‘ozlarning emitentlarga berib yuborilgan blankalarning summasiga kreditlanadi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning va emitentlarning turlari bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90305 O‘zRMBning qimmatli qog‘ozlari blankalari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan tarqatish (birinchi egalariga sotish) uchun olingan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari va qimmatli qog‘ozlarining blankalari hisobi hamda emitentlarning topshirig‘i bo‘yicha bank tomonidan to‘langan va yo‘q qilinishi lozim bo‘lgan yoki emitentlarga berib yuboriladigan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar blankalarining hisobi olib boriladi. Tarqatish (sotish) uchun olingan qimmatli qog‘ozlar blankalari nominal qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. To‘langan qimmatli qog‘ozlar blankalari “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisoblanadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96307 — “O‘zRMBining qimmatli qog‘ozlari blankalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan sotish (tarqatish) uchun olingan, shuningdek emitentlar topshirig‘i bo‘yicha to‘langan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari va qimmatli qog‘ozlarining blankalari qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilgan (tarqatilgan) yoki emitentlarga qaytarilgan, shuningdek hisobdorlik asosida berilgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalari va boshqa davlat qimmatli qog‘ozlari blankalarining qiymati aks ettiriladi. Bundan tashqari ushbu hisobvaraq yo‘q qilingan yoki to‘langan qimmatli qog‘ozlarning emitentlarga berib yuborilgan blankalari summasiga kreditlanadi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning va emitentlarning turlari bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling