94500 Garov sifatidagi qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquq(talab)lar
94501 Garov sifatida olingan qimmatli qog‘ozlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan kreditlar vayoki lizinglar ta’minoti sifatida qabul qilingan qimmatli qog‘ozlarning hisobi olib boriladi. Qimmatli qog‘ozlar qabul qilingan ta’minot summasida hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96381 — “Garov sifatidagi qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquq(talab)lar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar vayoki lizinglarning ta’minoti sifatida olingan qimmatli qog‘ozlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kreditlar qaytarilmaganda foydalanilgan ta’minot summasi, shuningdek kreditlar vayoki lizinglar qaytarilgandan keyin va kredit vayoki lizinglar shartnomalari yopilgandan keyin mijozlarga qaytarilgan qimmatli qog‘ozlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
94502 Garov sifatida olingan mulklar va mulkiy huquq(talab)lar
Hisobvaraqning ta’rifi: kreditlar vayoki lizinglarga va berilgan boshqa kreditlarga garov sifatida saqlanayotgan mulklar va mulkiy huquq(talab)larning hisobn olib boriladi. Garov sifatida olingan mulklar va mulkiy huquq(talab)lar hisobvaraqqa garov bo‘yicha shartnoma tuzilgan vaqtdagi baholangan qiymati bo‘yicha kirim qilinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96381 — “Garov sifatidagi qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquq(talab)lar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida garov ta’minoti sifatida qabul qilingan mulklar va mulkiy huquq(talab)larning qiymati aks etiriladi.
Hisobvaraqning kreditida garovga qabul qilingan foydalanilgan mulklar va mulkiy huquq(talab)larning summasi yoki kreditlar vayoki lizinglar va ular bo‘yicha hisoblangan foizlar qoplangandan (to‘langandan) keyin qaytariladigan mulklar va mulkiy huquq(talab)larning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kredit vayoki lizing shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqutarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |