1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Garov sifatida olingan kafolat va kafilliklar


Download 1.01 Mb.
bet293/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

94503 Garov sifatida olingan kafolat va kafilliklar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan kreditlar vayoki lizinglarning ta’minoti sifatida qabul qilingan kafolat va kafilliklarning, shuningdek sug‘urta polislarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96381 — “Garov sifatidagi qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquq(talab)lar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar vayoki lizinglarning ta’minoti sifatida qabul qilingan kafolat va kafilliklarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kreditlar vayoki lizinglar qaytarilmaganda foydalanilgan ta’minot summasi, shuningdek kreditlar qaytarilgandan keyin va kredit shartnomalari yopilgandan keyin kafolatlar va kafilliklarning muddati o‘tishi bilan o‘rnatilgan tartibda foydalanilmagan va bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
94504 Olingan kreditlar va lizinglar bo‘yicha garov sifatida berilgan qimmatli qog‘ozlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan olingan kreditlar vayoki lizinglar bo‘yicha garov sifatida berilgan qimmatli qog‘ozlarning hasobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96381 — “Garov sifatidagi qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquq(talab)lar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida olingan kreditlar vayoki lizinglar ta’minoti sifatida qarzdor-bank tomonidan berilgan qimmatli qog‘ozlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kredit qaytarilmaganda kreditor tomonidan foydalanilgan ta’minot summasi, shuningdek kreditlar vayoki lizinglar qaytarilgandan keyin va kredit vayoki lizinglar shartnomalari yopilgandan keyin qarzdor-bankka qaytarilgan qimmatli qog‘ozlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
95400 Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling